Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻpiklanadigan va tabiiy vino aksiz markalari bilan markalanishdan ozod qilinadi

03.11.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 02.11.2021 yildagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 665-son qarorni qabul qildi.

 

2021 yil 1 dekabrdan 2022 yil 1 noyabrga qadar boʻlgan muddatda, sinov tariqasida, koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.

 

Bunda, sinov mobaynida aksiz markalari bilan markirovka qilishdan ozod qilingan tadbirkorlik sub’yektlari davlat tilida markirovka qilish hamda majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etishlari kerak.

 

Shuningdek, filtrli va filtrsiz sigaretalardan boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalarga (keyingi oʻrinlarda - boshqa turdagi tamaki mahsulotlari) nisbatan quyidagi tartib oʻrnatiladi:

a) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar:

  • 2022 yil 1 sentyabrga qadar yoki 2022 yil 1 sentyabrdan keyin mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati yuzaga kelgan kundan boshlab 7 kalendar kun mobaynida markirovkalash aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtadi va ishlab chiqariladigan va (yoki) olib kiriladigan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari nomenklaturasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni markirovkalash aхborot tizimiga kiritadi;
  • 2023 yil 1 martdan boshlab boshqa turdagi tamaki mahsulotlari aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar markirovkalash aхborot tizimiga kiritilishini ta’minlaydi va boshqalar;

b) ulgurji savdo tashkilotlari:

  • 2022 yil 1 noyabrga qadar yoki 2022 yil 1 noyabrdan keyin mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo boʻlgan kundan boshlab 7 kalendar kun mobaynida markirovkalash aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtadi;
  • 2023 yil 1 yanvardan boshlab ishlab chiqaruvchilardan va import qiluvchilardan sotib olishga doir ma’lumotlarni markirovkalash aхborot tizimiga kiritadi;
  • 2023 yil 1 fevraldan boshlab markirovkalangan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari sotilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni markirovkalash aхborot tizimiga kiritadi va boshqalar;

v) chakana savdo tashkilotlari:

  • 2023 yil 1 fevralga qadar yoki 2023 yil 1 fevraldan keyin boshqa turdagi tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo boʻlgan kundan boshlab 7 kalendar kun mobaynida markirovkalash aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtadi;
  • 2023 yil 1 martdan boshlab boshqa turdagi tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi tashkilotlaridan sotib olishga doir ma’lumotlarni markirovkalash aхborot tizimiga kiritadi va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.