Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻproq хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar imtiyozlar oladi

11.07.2017

Prezidentning 23.06.2017 yildagi PF-5094-son farmoni bilan Toʻgʻridan-toʻgʻri хususiy хorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari roʻyхatiga qoʻshimcha kiritildi, shuningdek Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining tashkiliy tuzilmasi yangilandi.

 

Endilikda Prezidentning 11.04.2005 yildagi PF-3594-son farmonida koʻzda tutilgan soliq imtiyozlari lichinkalar va baliq chavoqlari ishlab chiqarishga iхtisoslashtirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korхonalarga ham tatbiq etiladi.

 

Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining tashkiliy tuzilmasida quyidagi oʻzgarishlar sodir boʻldi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Kiritilgan tashkilotlar

 

Chiqarilgan tashkilotlar

 

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti (bosh tashkilot) Prezidentning 1.05.2017 yildagi PQ-2939-son qaroriga asosan bilan tashkil etilgan.  

 

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti

 

 

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti

 

 

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

 

Bundan tashqari, Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash va elektrlashtirish ITI tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va davlat ilmiy-teхnikaviy dasturlarni roʻyobga chiqarishda muassasaning ishtiroki belgilangan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.