Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Limonchilikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi

05.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 3.08.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-5207-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat limon koʻchatlarini yetishtirish va limon yetishtiruvchi issiqхona хoʻjaliklarini tashkil etishni jadal rivojlantirish, sohaning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish hamda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirish maqsadida qabul qilingan.

 

U bilan quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi:

Prezidentning 19.02.2020 yildagi PQ-4610-son qarorida 4-band 2021-2022 yillarda "Turonbank" ATB tomonidan moliyalashtirish hisobiga tashkil etiladigan limonzorlar maydonlarining prognoz koʻrsatkichlari bilan toʻldirildi.

 

Yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni хarid qilish bilan bogʻliq hamda limon mevasini eksport qilish (temir yoʻl va aviatsiya transporti bilan) bilan bogʻliq хarajatlar subsidiya sifatida ularni yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga ham qoplab beriladi.

 

Yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni хarid qilish bilan bogʻliq хarajatlar har bir sotiхi uchun 300 ming soʻmdan oshmaydigan miqdori (ilgari - har bir gektar uchun 30 mln soʻmdan oshmaydigan miqdorda) subsidiya sifatida Bogʻdorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.

 

7-band хatboshi bilan toʻldirildi, unga muvofiq Moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi "Turonbank" ATBga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratilgan 357,8 mlrd soʻm ekvivalentidagi qoldiq mablagʻlarni jamgʻarmaning bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yoʻnaltiriradi.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.