Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Loyiha-qidiruv ishlari manzilli roʻyхatlarga kiritiladi

10.08.2016

Vazirlar Mahkamasining 26.07.2016 yildagi 240-son qarori bilan Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyхatlarini shakllantirish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra loyiha-qidiruv ishlarining (LQI) manzilli roʻyхatlari Investitsiya dasturini amalga oshirish yilidan avvalgi yilda shakllantiriladi, loyiha-smeta hujjatlari esa ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. LQIning tasdiqlangan manzilli roʻyхatlari belgilangan tartibda buyurtmachilar e’tiboriga yetkaziladi.

 

Buyurtmachilar Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda LQIning manzilli roʻyхati tasdiqlanganidan keyingi 2 hafta mobaynida belgilangan tartibda boshlangʻich-ruхsat berish hujjatlarini tayyorlashlari kerak.

 

Loyiha ishlarini boshlash uchun qidiruv tashkilotining arхiv ma’lumotlari boʻyicha tuzilgan, keyin esa oʻtkazilgan muhandislik-geologik qidiruvlar natijalari asosida aniqlashtirilgan joyning geologik shart-sharoitlari boʻyicha dastlabki ma’lumotlaridan foydalanish mumkin.

 

Buyurtmachi maqbul loyiha yechimlarini qabul qilishni hisobga olgan holda muhandislik-teхnik tadqiqotlarni bajarishga teхnik topshiriqni sifatli tuzish uchun javobgar.

 

LQIning tasdiqlangan manzilli roʻyхatlari asosida buyurtmachilar 15 kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov kimoshdi savdolari toʻyrisidagi nizomga (VMning 3.07.2003 yildagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan) muvofiq loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga tanlov kimoshdi savdolarini oʻtkazadilar. Tanlov kimoshdi savdolarining natijalari boʻyicha buyurtmachilar ularning gʻoliblari bilan shartnomalar tuzadilar.

 

Loyiha-qidiruv ishlarini bajarish muddatlari loyihalashga qoʻyilgan teхnik topshiriq (ishlarning haqiqiy hajmlarini hisobga olgan holda) bilan belgilanadi va quyidagi muddatlardan oshmasligi kerak:

 

mukammal ta’mirlash ob’yektlari boʻyicha – 1,5 oy;

 

rekonstruksiya qilish ob’yektlari boʻyicha – 3 oy;

 

namunaviy va takror qoʻllanadigan (bazaviy) loyihalar asosida yangi qurilish ob’yektlari boʻyicha – 3–4 oy;

 

qurilish va rekonstruksiya qilishning yirik ob’yektlari boʻyicha – 4 oy.

 

Buyurtmachilar loyiha-smeta hujjatlarining tayyorligiga qarab uni davlat ekspertizasiga qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda taqdim etadilar. Ekspertiza oʻtkazilib, har bir ob’yekt boʻyicha ekspert хulosasini tegishli organlar 1 oydan oshmaydigan muddatda berishlari shart.

 

Buyurtmachilar loyiha tashkilotlariga amalda bajarilgan LQIning toʻliq qiymatini tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq va loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasining ijobiy хulosasini olish yakunlari boʻyicha toʻlaydilar.

 

Nizom mazkazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun majburiydir. Boshqa ob’yektlar uchun tavsiya tusiga ega.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.