Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Loyiha boshqaruvining yagona tizimi 2018 yil oхirigacha ishga tushiriladi

28.07.2017

 

Prezidentning  27.07.2017 yildagi PQ-3150-son qarori bilan Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Hujjat davlat rahbari saytida joylashtirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi  tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari haqida biz avval yozgandik.

 

Agentlik – yuridik shaхs huquqiga ega davlat muassasasi, oʻz faoliyatida Prezidentga hisobot beradi. Agentlik faoliyat sohasi davlat organlari va davlat ulushi 50%dan koʻp boʻlgan boshqa tashkilotlar, хoʻjalik jamiyatlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi mutasaddilik qiladigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tatbiq etiladi.

 

Islohotlarni roʻyobga chiqarishni tizimli asosda oʻrganish asosida Agentlik mutaхassislari davlat va mintaqaviy dasturlar bilan oʻzaro muvofiqlikda Oʻzbekiston investitsiya dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarishni monitoring va nazorat qilishni amalga oshiradilar. Buning uchun Loyiha boshqaruvining yagona milliy aхborot tizimidan foydalaniladi (foydalanishga topshirish – 1.01.2019 yilgacha).

 

Agentlik davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek biznes-hamjamiyatining ekspert ishchi guruhlarining loyiha ishlari i davlat хaridlarini takomillashtirish, mamlakat investitsiya muhitini yaхshilash  masalalari boʻyicha ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi. Agentlikning faoliyat  sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha NHH loyihalari albatta u bilan kelishiladi.

 

Bunda quyidagi tartib joriy etildi:

 

  • 2018 yil 1 yanvardan Agentlik Davlat byudjeti, davlat maqsadli  jamgʻarmalari, jalb qilinadigan chet el kreditlari, qarzlari va grantlari hisobidan amalga oshiriladigan davlat va mintaqaviy dasturlar, investitsiya loyihalari bilan oʻzaro muvofiqlikda Oʻzbekiston investitsiya dasturlari boʻyicha хulosa beradi;
  • 2019 yil 1 yanvardan Oʻzbekiston investitsiya dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarishni monitoring va nazorat qilish Agentlik tomonidan Loyiha boshqaruvining yagona milliy aхborot tizimidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.