Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Loyiha kelishilishi uchun – 10 kun

23.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga qoʻshimcha kiritildi (roʻyхat raqami 2565-8, 19.04.2019 y.).

              

Eslatib oʻtamiz, idoraviy normativ-huquqiy hujjat - vazirlik, davlat qoʻmitasi va idora tomonidan buyruq yoki qaror tarzida qabul qilingan, umum majburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.

 

Loyiha,  basharti bu qonunchilikka asosan majburiy boʻlsa (Qoidalarning 68-bandiga qarang) yoki loyiha oʻzida boshqa vazirlik va idoralarning manfaati va vakolatiga daхl qiladigan normalarni saqlasa, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilishi lozim.  

 

Tuzatishlar bilan vazirlik va idoralar tomonidan loyiha kelishilishi yoki asoslantirilgan e’tirozlar bilan qaytarilishi lozim boʻlgan muddat belgilandi - taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.