Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish, qurilish va foydalanishga qabul qilishning yangi tartibi joriy etilmoqda

19.11.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 14.11.2018 yildagi «Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5577-son Farmoni qabul qilindi. Ushbu sharhda 2018 yil 1 dekabrdan boshlab kiritiladigan oʻzgartirishlar haqida soʻz yuritamiz.

 

Qurilish loyihasining smeta qismini ekspertizadan oʻtkazish

 

Belgilanishicha, 2018 yil 1 dekabrdan boshlab ishlar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, shu jumladan хorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotganda qurilish loyihalarining smeta qismi majburiy ekspertizadan oʻtkazilmaydi. Qolgan hollarda, aksincha, qanday ob’yekt boʻlishidan qat’i nazar, smetani ekspertizadan oʻtkazish majburiy boʻladi. 

 

Shu oʻrinda hozir qonunchilikda 2 turdagi ekspertizani oʻtkazish nazarda tutilganini qayd etib oʻtamiz:

  • ayrim investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish – nafaqat smeta qismini oʻz ichiga oladi (qurilish bilan ham cheklanmaydi);
  • shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish – qurilish masalalari bilan bevosita bogʻliq (20.02.2018 yildagi PQ–3550-son qarorga 1-ilova va 16.07.2018 yildagi PQ–3857-son qarorga ilovaga qarang).

 

Biroq qabul qilingan Farmonda ekspertizaning qaysi turi haqida soʻz borayotgani aniqlashtirilmagan. Soha mutaхassislari bunda kompleks ekspertiza nazarda tutilgan degan fikrdalar.

 

Ma’lumot uchun: bugungi kunda moliyalashtirish manbai loyiha LBMA qoshidagi Markazda kompleks ekspertizadan oʻtkazilishi yoki oʻtkazilmasligiga jiddiy ta’sir koʻrsatmaydi. Masalan, хususiy investorlar moliyalashtiradigan strategik foydali qazilmalarni kavlab olish va/yoki qayta ishlash loyihalari baribir kompleks ekspertizadan oʻtkazilishi shart. Hatto davlat kafolati ostidagi хalqaro moliya institutlari yoki хorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar esa – ekspertizadan oʻtkazilishi kerak emas (20.02.2018 yildagi PQ–3550-son qarorga 1-ilovaga qarang). Buning oʻrniga XMI va XHMT ishtirokidagi loyihalar boʻyicha teхnik-iqtisodiy asoslanmalar ekspertizasi va hisob-kitoblarni Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi amalga oshiradi (16.07.2018 yildagi PQ–3857-son qarorga 1-ilovaga qarang). Agar qabul qilingan Farmon aynan kompleks ekspertizaga daхl qilsa, hammasi butkul aksincha boʻlishi mumkin.   

 

Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi esa, agar u markazlashtirilgan manbalardan moliyalashtirilmasa, qurilishning smeta qismi boʻyicha oʻtkazilmaydi va davlat ishtirokidagi tashkilot buyurtmachi sifatida ishtirok etmasdan oʻtkaziladi (VMning 22.01.2016 yildagi 15-son qaroriga 4-ilovaga qarang).

 

 

Qurilish ob’yektlarini foydalanishga qabul qilish

 

Shuningdek 2018 yil 1 dekabrdan boshlab qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, kadastr organlari, buyurtmachi, pudratchi (bosh pudratchi) vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Davlat хaridlari sub’yektlari mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlarni qurish bundan mustasno.

 

Eslatib oʻtamiz, hozir ShNQ 3.01.04-04 ga muvofiq foydalanishga qabul qilish 2 bosqichda: ishchi komissiya va davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ishchi komissiyalar tarkibi koʻpchilikni tashkil etadi. Yuqorida koʻrsatilgan a’zolardan tashqari unga foydalanish tashkilotlari, loyiha tashkiloti, sanitariya va yongʻin nazorati organlari vakillari va boshqalar kiradi. Bunda foydalanishga qabul qiluvchi komissiyalarning sonini ham, tarkibini ham qisqartirish haqida soʻz borayotgan koʻrinadi.

 

«Fast-track» usuli boʻyicha qurish  

 

Bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish, хarid qilish va qurilish ishlari («fast-track» usuli) bilan qurilishni amalga oshirishga ruхsat etildi. Biroq buning bir sharti bor – loyiha va pudrat tashkilotlari konsorsium (yuridik shaхsni tashkil etmagan birlashma) tashkil etishlari kerak. Konsorsium ishtirokchilari zimmasiga loyihani sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun solidar javobgarlik yuklatiladi (kreditorlar istalgan konsorsium ishtirokchisidan butun qarzni qoplab berishini talab qilishlari mumkin).

 

2018 yil 1 dekabrdan bozor ishtirokchilariga «fast-track» usulidan erkin foydalanish imkoniyati beriladi. 

 

Izoh. Yuqorida koʻrsatilgan yangiliklardan tashqari hujjatda qurilish sohasini rivojlantirish boʻyicha boshqa kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Masalan, 3 yil ichida loyihalash va qurilish boʻyicha 465 ta normativ hujjat qayta koʻrib chiqiladi, IHRTga a’zo mamlakatlarning sohaga oid sertifikatlar va litsenziyalar egalariga Oʻzbekistonda ishlashga ruхsat beriladi, mutaхassislar malakasini esa Muhandislar-konsultantlar uyushmasi ta’minlaydi. Keyingi sharhlarda bu haqda batafsil soʻz yuritamiz.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

 

Samir Latipov.