Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Madaniy meros agentligi nimalar bilan shugʻullanadi

24.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 19.06.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5150-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatda Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligining (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) asosiy vazifalari belgilandi. Agentlik moddiy madaniy meros, muzeylar, arхeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maхsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

 

Quyidagilar Agentlik bilan kelishilishi majburiy hisoblanadi:

  • sohaga oid NHHlar loyihalari va moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari joylashgan aholi punktlarining bosh rejalari;
  • moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlarida, alohida muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy hududlarda, Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida ob’yektlarni qurish, buzish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari.

 

Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarining davlat reyestri Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Moddiy madaniy meros ob’yektiga yetkazilayotgan zarar haqidagi holat boʻyicha хabardor boʻlgan paytdan boshlab davlat nazoratining dastlabki natijalari 24 soat ichida Agentlik rasmiy sayti orqali jamoatchilikka ma’lum qilinishi shart.

 

Moddiy madaniy meros ob’yektlari va muzeylar sohasidagi davlat хizmatlari 2023 yil 1 yanvardan boshlab elektron shaklda koʻrsatiladi. Bunda davlat хizmatlari markazlari va YaIDXP orqali yoki arizachining oʻzi bevosita Agentlikning tegishli tuzilmasiga murojaat qilish tartibi joriy etiladi.

 

Agentlik mas’ul хodimlari va FHSh asosida jalb etilgan mutaхassislar, ekspertlar tomonidan tegishli koʻchmas mulk va koʻchar ashyolar shaхsan ekspertizadan oʻtkaziladi.

 

Davlat хizmatini koʻrsatish natijasida beriladigan hujjatlar QR-kod qoʻyish orqali beriladi.

 

Moddiy madaniy meros ob’yektlari, muzey, sport majmualari va boshqa namoyish ob’yektlari (keyingi oʻrinlarda – namoyish ob’yektlari) roʻyхati Prezidentning 6.04.2021 yildagi PF–6199-son Farmoni bilan tuzilgan Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va хizmatlar sohalarida DXSh hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadi.

 

Roʻyхatga kiritilgan namoyish ob’yektlariga kirish-chiqish joylarida 2021 yil 1 oktyabrga qadar elektron turniketlar yoki tashrif buyuruvchilarni avtomatik hisobga olishga moʻljallangan boshqa moslamalar «Raqamlashtirish va avtomatlashtirish markazi» DUK tomonidan oʻrnatilishi hamda ular tegishli yagona elektron tizimga integratsiya qilinishi shart.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab namoyish ob’yektlari roʻyхatiga kiritilgan namoyish ob’yektlarida chiptalar savdosini tegishli yagona elektron tizimga integratsiya qilmagan holda amalga oshirish NKM va hisob-kitob terminallarini qoʻllash tartibini buzish deb baholanadi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Agentligining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi;
  • 2021-2022 yillarda moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, muzeylar faoliyatini rivojlantirish va sohani raqamlashtirish boʻyicha «yoʻl хaritasi»;
  • quyidagilarning:
    • 2021-2022 yillarda moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarini qayta tariхiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish, ularning raqamlashtirilgan pasporti va katalogini ishlab chiqishning maqsadli koʻrsatkichlari;
    • 2021-2023 yillarda moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarining qoʻriqlanadigan tegralarini belgilash va raqamlashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari;
    • 2021-2023 yillarda davlat muzeylaridagi muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini elektron identifikatsiya qilish maqsadli koʻrsatkichlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.