Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Madaniy meros agentligining koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun jarima solinadi

16.02.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 15.02.2022 yildagi “Moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-754-son Qonun imzolandi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 21 dekabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2022 yil 3 fevralda ma’qullangan.

 

Qonun bilan moddiy madaniy meros ob’yektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, bunday toifadagi ob’yektlarga ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan qilmishlarni ogʻir jinoyat toifasiga oʻtkazish, Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining koʻrsatmalarini toʻliq hajmda va oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

 

Xususan, Jinoyat kodeksining 132-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:

  • takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan, koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda, bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ob’yektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish boʻyicha harakatlar,

- BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;

  • oʻsha harakatlar juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa,

- besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga quyidagi qoʻshimchalar kiritildi:

  • Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining koʻrsatmalarini bajarmaganlik,

- fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi;

  • хuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa,

- fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi;

  • ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining va uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaхslari ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

 

Qonun bilan boshqa oʻzgartirishlar ham nazarda tutilgan.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 15.02.2022 yilda kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.