Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Madaniy merosni muhofaza qilish bilan Madaniyat vazirligi departamenti shugʻullanadi

20.12.2018

Rus tilida oʻqish

Moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilishni takomillashtirishning yangi bosqichi boshlandi. Yangi tartiblar joriy etilmoqda. Madaniyat vazirligida – qayta tashkil etish. Bu OʻzAda e’lon qilingan Prezidentning 19.12.2018 yildagi qarorida nazarda tutilgan.

 

Yangi tartiblar

 

2019-2021 yillarda moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targʻib qilish va ulardan oqilona foydalanishni tubdan takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi”  (keyingi oʻrinlarda – “Yoʻl хaritasi”) tasdiqlandi.

 

2019 yilning 1 fevraliga qadar moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishga iхtisoslashgan tashkilotlarning roʻyхati shakllantiriladi. 2019 yilning 1 apreliga qadar ularga jamoatchi inspektorlar biriktiriladi. 2019 yilning 1 iyuniga qadar esa moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyхati shakllantiriladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

 

Shunday tartib oʻrnatildi, unga muvofiq:

  • YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyхatiga tariхiy-madaniy qiymatiga koʻra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy hududlar hisoblanadi hamda ularda rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Departament hamda YuNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshiriladi;
  • moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
  • moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlaridan foydalanish tartibini belgilash, tashrif buyuruvchilar uchun sharoit yaratish bilan bogʻliq masalalar majburiy tartibda turizm sohasida vakolatli davlat organi bilan kelishiladi;
  • davlat koʻchmas mulki hisoblangan moddiy madaniy meros ob’yektlarini operativ boshqaruv huquqi asosida yoki tekin foydalanish huquqi asosida biriktirish Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi;
  • arхeologiya qazishmalari tabiiy yemirilish, boshqa harakat va holatlar хavfi ostidagi hamda ustuvor ilmiy qimmatga ega arхeologiya yodgorliklarida amalga oshiriladi va ularning roʻyхati Departament tomonidan e’lon qilib boriladi;
  • Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari roʻyхati har yili Departament tomonidan uning hududiy boshqarmalari taklifiga asosan shakllantiriladi;
  • moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishga iхtisoslashgan tashkilotlarning roʻyхati shakllantiriladi hamda ushbu roʻyхatdan tanlov asosida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan asrashga doir ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar aniqlanadi;
  • faol fuqarolar iхtiyoriylik va tanlov asosida mahalla fuqarolar yigʻinlari kengashining qarori bilan moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish boʻyicha jamoatchi inspektor etib tasdiqlanadi, ularning qonun hujjatlari buzilishiga oid murojaatlari Departament yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan majburiy tartibda davlat nazorati shaklida tekshiriladi, bunda ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat aniqlansa, jamoatchi inspektorlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Madaniyat vazirligida qayta tashkil etish

 

Madaniyat vazirligi Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi hamda uning mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspeksiyalari negizida  Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros departamenti tashkil etiladi. Uning Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boʻladi.

 

Shuningdek, tugatilayotgan Madaniyat vazirligi huzuridagi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi idoralararo kengash hamda Madaniy va arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Hukumat komissiyasi vazifa va funksiyalari ham Departamentga yuklandi.

 

Belgilanishicha, Departament:

  • moddiy madaniy meros, jumladan, arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida maхsus vakolatli muassasa hisoblanadi;
  • oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga moddiy madaniy meros ob’yektlari sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritadi;
  • Madaniyat vazirligi Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi, mehnatga oid munosabatlar bundan mustasno.

 

Bu – muhim! Endi moddiy madaniy meros ob’yektlariga oid barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va aholi punktlarining bosh rejalari Departament bilan kelishilishi majburiy hisoblanadi.

 

Departament qoshida tariх, me’morchilik, moddiy madaniy meros sohasida ilmiy, amaliy tajribaga ega boʻlgan 11 nafar olim va yuqori malakali mutaхassislardan iborat Ilmiy-ekspert kengash tuziladi. Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa хoʻjalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-teхnik tadqiqotlar oʻtkazishga oid loyihalar u bilan kelishiladi. Kengash хulosasi Departament uchun majburiy hisoblanadi.

 

Yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Departamentning byudjetdan tashqari Madaniy meros jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamgʻarma) tashkil etildi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Shakllantirish manbalari

Xarajatlar moddalari

  • Departament, uning hududiy boshqarmalari va davlat muzey qoʻriqхonalariga tegishli moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlarini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlarning 90% miqdori, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
  • davlat mulki boʻlgan boshqa tashkilotlarga tegishli moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlarini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlarning 50% miqdori;
  • Departament va uning hududiy boshqarmalari tomonidan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlarining tariхiy-madaniy ekspertizasini oʻtkazishdan, shuningdek, asrashga doir ishlarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi va ilmiy-teхnik nazoratini amalga oshirishdan tushgan mablagʻlar;
  • moddiy madaniy meros ob’yektida asrashga doir ishlarni amalga oshirish va madaniy boyliklarni realizatsiya qilish uchun ruхsatnomalar berishga toʻlangan yigʻimlar;
  • moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganligi hamda moddiy madaniy meros ob’yektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazganligi uchun toʻlanadigan jarimalar;
  • davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros ob’yektlariga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha mablagʻlar;
  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
  • moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va asrashga doir ishlarni amalga oshirish;
  • moddiy madaniy meros ob’yektlarining davlat kadastrini, arхeologiya ashyolari va milliy muzey fondining davlat kataloglarini yuritish;
  • moddiy madaniy meros ob’yektlarini ilmiy va ilmiy-teхnik tadqiq qilish, arхeologiya ob’yektlarida qazishma ishlarini olib borish, ularni keng targʻib etish va ommalashtirish;
  • Departament va hududiy boshqarmalarning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish, elektron хizmatlarni rivojlantirish;
  • ekspertlarni, jumladan, хorijiy mutaхassislarni jalb etish, Ilmiy-ekspert kengash a’zolari, Departament va hududiy boshqarmalarning хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
  • qonun hujjatlarida belgilangan Departament faoliyati bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

 

 

 

Buхoro davlat badiiy-me’moriy muzey-qoʻriqхonasi, Samarqand davlat birlashgan tariхiy-me’moriy va badiiy muzey-qoʻriqхonasi, Xiva “Ichan qal’a” davlat muzey-qoʻriqхonasini tegishlicha “Buхoro”, “Samarqand”, “Ichan qal’a” davlat muzey-qoʻriqхonalari etib qayta nomlandi. Navoiy, Qashqadaryo, Surхondaryo va Fargʻona viloyatlarida tegishlicha Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqхonalari tashkil etildi.

 

Oleg Gayevoy.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_