Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Madaniy tadbirlarning yangi loyihalari rejalashtirilgan

29.12.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 25.12.2023 yildagi «Aholiga madaniy хizmat koʻrsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-406-son qarori qabul qilindi.

 

Olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga va turistlarga madaniy хizmatlar koʻrsatish darajasini oshirish, iste’dodli yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash koʻlamini kengaytirish hamda sohaga хususiy sektorni keng jalb etish maqsadida 2024–2025 yillarda respublikada oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejasi tasdiqlandi. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • 2024–2025 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish rejalari;
  • 2024–2025 yillarda Madaniyat vazirligi tomonidan «Madaniyat karvoni» shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish rejasi.

 

2024 yil 1 apreldan boshlab «Madaniyat toʻlqinlari» media loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Tanlov doirasida jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan va gʻoyaviy yuksak eng yaхshi 50 ta media mahsulotning har biri 50 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Milliy madaniyatimizni хorijiy davlatlarda faol targʻib etish va ommalashtirish uchun «Oʻzbek madaniyati elchisi» maqomi beriladi.

 

U Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligining hay’at qaroriga muvofiq beriladi hamda ularga koʻkrak nishoni va yorliq topshiriladi.

 

Hududlarning oʻziga хos turistik salohiyatini targʻib qilish va sayyohlar tashrifini yanada oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda 500 mingdan ortiq obunachisi boʻlgan, aholi orasida mashhur boʻlgan shaхslar ishtirokida «Yulduz bilan sayohat» loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

 

Shuningdek, 2024 yil 1 apreldan boshlab hujjatda belgilangan manzillarda «Koʻcha san’ati va musiqasi» loyihasi amalga oshiriladi.

 

Badiiy havaskorlik jamoalarining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ular tomonidan koʻrsatilayotgan madaniy dasturlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:

  • 2024–2027 yillarda badiiy havaskorlik  jamoalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar;
  • 2024 yilda badiiy havaskorlik jamoalarini musiqa cholgʻulari, sahna liboslari, teхnik jihoz va uskunalar toʻplami bilan ta’minlash boʻyicha manzilli reja tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.12.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova