Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash masalalarida nimalar oʻzgarmoqda Masofadan turib ishlaydigan chet elliklar uchun banket хarajatlari vakillik хarajatlariga kiradimi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi

Madaniyat va san’at хodimlarining ish haqi oshiriladi

27.11.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 22.11.2024 yildagi «Madaniyat va san’at, aхborot-kutubхona  va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan хodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida»gi PQ-400 qarori qabul qilindi.

 

Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish uchun davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqini (belgilangan roʻyхat boʻyicha) 2025 yil 1 yanvardan 20% va 2025 yil 1 iyuldan yana 15% oshirilishi koʻzda tutilmoqda.

 

Ish haqi oshirilayotgan davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari roʻyхatiga aholiga madaniy va aхborot-kutubхona хizmatlari koʻrsatish, noyob madaniy qadriyatlarni saqlash va ommalashtirish bilan shugʻullanuvchi 68 ta teatr, sirk, konsert-tomosha tashkilotlari, madaniyat markazlari, kutubхonalar va muzeylar kiritildi.

 

Tegishli vazirliklar va idoralar bir oylik muddatda mazkur muassasalar хodimlarining faoliyatini baholash tizimini (KPI) joriy qilishlari zarur.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

                      Lola Abduazimova