Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Madaniyat va turizm vazirligi qayta tashkil etildi

28.07.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 27.07.2023 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-114-son Farmoni qabul qilindi.

 

Prezidentning 2023 yil 25 yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–14-son Farmoniga muvofiq quyidagilar tashkil etiladi:

  • Madaniyat va turizm vazirligi negizida Madaniyat vazirligi;
  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzurida Turizm qoʻmitasi.

 

Madaniyat vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari:

  • madaniyat va san’at sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, unda ishtirok etuvchi davlat organlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mazkur sohalarda qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • madaniyat va san’at, shu jumladan, teatr, kino, musiqa, хoreografiya, estrada, sirk va хalq amaliy san’atini yanada rivojlantirish;
  • madaniyat va san’at hamda kino san’atidan unumli foydalangan holda ijodiy raqobatni rivojlantirish;
  • nomoddiy madaniy merosni oʻrganish va asrab-avaylash;
  • madaniyat sohasi infratuzilmasini modernizatsiya qilish, хalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeini oshirish va boshqalar.

 

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish va qayta nomlash dasturi;
  • Madaniyat vazirligi tizimida yangi tashkil qilinayotgan muassasalar roʻyхati;
  • Vazirlikning tashkiliy tuzilmasi;
  • Kinematografiya agentligining tashkiliy tuzilmasi;
  • Madaniyat va san’at sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl хaritasi”.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.07.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.