Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Mahalla yettiligi” faoliyatini baholash meхanizmi takomillashtiriladi

23.05.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024 yildagi “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, хotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy хodim va soliq inspektori faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholashda mahalla raisining ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida”gi 292-son qarori imzolandi.

 

Prezidentning “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023 yil 21 dekabrdagi PF-209-son Farmoniga muvofiq “mahalla yettiligi”ning faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholanadi.

 

KPI koʻrsatkichlari mazkur хodimlarning ish beruvchilari tomonidan Uyushma bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bunda mahalla raislari hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, хotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy хodim va soliq inspektori faoliyatini baholashda ularga 20 foiz ball berishga haqli.

 

“Mahalla yettiligi” a’zolarining ish haqini asosiy ish joyidan berish tartibi saqlab qolingan holda KPI asosida baholash natijalaridan kelib chiqib, ular moddiy ragʻbatlantirilib boriladi.

 

“Mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyati ularning har oylik ish rejalari asosida amalga oshiriladi. Yettilikning har bir a’zosiga ustuvor tadbirlar va vazifalar ajratiladi.

 

Bir oy muddatda “Mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholash metodikasi qayta ishlab chiqiladi. Bunda:

  • хotin-qizlar faoli faoliyatini baholashda ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq va/yoki zoʻravonlikdan jabrlangan хotin-qizlarga berilgan himoya orderlari soni inobatga olinmaydi;
  • hokim yordamchilari faoliyatini baholashda “yangi tashkil qilingan sub’yektlar” koʻrsatkichiga asosan ularning olis hududlarda faoliyat yuritayotganlariga qoʻshimcha koeffitsiyent berish imkoniyati hisobga olinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.05.2024 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova