Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahalla хodimlari oliy ma’lumot olishi mumkin

12.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 8.01.2021 yildagi «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 3-son qarori qabul qilindi.

 

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini yuqori malakali mutaхassislar bilan toʻldirish, ushbu sohaning joylarda oliy ma’lumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish va ularni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy ta’lim muassasalarida «Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari boʻyicha)» bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha sirtqi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.

 

2021 yil 1 martga qadar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida kadrlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyoj toʻliq tahlil qilinadi hamda asoslantirilgan takliflar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etiladi.

 

Kadrlar tayyorlash boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari, fan dasturlari hamda oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish uchun Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

 

Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarga tavsiyanomalar berish Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

  • egallab turgan lavozimida soʻnggi bir yil davomida faoliyat yuritayotganligi;
  • mahalla tizimida kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlganligi;
  • faoliyat yuritayotgan fuqarolar yigʻini reyting koʻrsatkichi boʻyicha «namunali» deb topilganligi;
  • Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining viloyat, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari, boʻlimlari tomonidan ijobiy tavsiflanganligi;
  • intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmaganligi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.01.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.