Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Mahalla reyestri nima uchun kerak

22.09.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.09.2025 yildagi 586-son qarori bilan Mahalla fuqarolar yigʻini yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat quyidagilar tartibini belgilaydi:

  • Reyestr orqali mahalla toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni elektron koʻrinishda shakllantirish va yuritish;
  • mahalla fuqarolar yigʻinini tashkil etish, qayta tashkil etish va (yoki) tugatishda Reyestr ma’lumotlaridan foydalanish.

 

Reyestrni yuritish uchun mas’ul organ Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hisoblanadi. Reyestr Uyushmaning "Raqamli mahalla" aхborot tizimida shakllantiriladi va yuritiladi.

 

Reyestr – mahalla haqida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik uchun zarur boʻlgan aхborotning yagona manbai.

 

U "Raqamli hukumat" tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron хizmatlar asosida "Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar reyestri" aхborot tizimida joylashtiriladi va yuritiladi.

 

Mahallalar auditi mahalla toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va dolzarbligini ta’minlash uchun 2025 yil 1 noyabrgacha oʻtkazilishi va Reyestrni 2025 yil 1 dekabrgacha toʻliq joriy etish ta’minlanishi rejalashtirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 18.09.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova