Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining funksiya va vazifalari belgilandi

20.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.04.2022 yildagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 195-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning  2021 yil 3 dekabrdagi PF-29-son Farmoniga muvofiq Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari, tuman (shahar)larda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari tashkil etilgan.

 

Bundan tashqari, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi ta’sis etilgan.

 

Prezidentning 2021 yil 24 dekabrdagi PQ-62-son qaroriga muvofiq Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi tashkil etilgan.

 

Hujjat bilan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, u quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Agentlikning maqomi;
  • vazifalari va funksiyalari;
  • huquqlari va javobgarligi;
  • Agentlik faoliyatini tashkil etish;
  • Agentlik rahbarlarining funksional vazifalari.

 

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom;
  • Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom;
  • Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom;
  • “Onlayn mahalla” elektron platformasiga ma’lumotlar bazasi integratsiya qilinadigan hamda ushbu integratsiyalashgan tizimdan real vaqt rejimida foydalana oladigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.