Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining vazifalari belgilandi

28.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.12.2021 yildagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-62-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 2021 yil 3 dekabrdagi PF-29-son Farmoni va 2021 yil 3 dekabrdagi PQ-31-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari - Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimi kiritiladi. Shuningdek, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tarkibiga oʻtkaziladi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish;
  • mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga yoʻnaltirish;
  • vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining (keyingi oʻrinlarda - hokim yordamchilari) faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlikni ta’minlash va boshqalar.

 

Agentlik tarkibida Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi va  uning faoliyatini muvofiqlashtirish Boʻlimi tashkil etiladi. 2022 yil 1 yanvardan boshlab Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish uchun subsidiyalar berish yoʻnalishidagi vazifa va funksiyalari Jamgʻarmaga oʻtkaziladi.

 

Bir oy muddatda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish va baholab borish imkonini beruvchi hamda tegishli vazirlik va idoralar ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan "Onlayn mahalla" elektron platformasi ishga tushiriladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Agentlikning tashkiliy tuzilmasi va uning markaziy apparati tuzilmasi;
  • Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining tuzilmasi;
  • tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlarining namunaviy tuzilmasi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.