Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish uchun 7 trln soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltiriladi

26.10.2022

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.2022 yildagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaхshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-son qarori imzolandi.

 

Hujjat bilan 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning yigʻma parametrlari tasdiqlandi. Unga koʻra respublikaning 5284 ta mahallasida ichki yoʻllar, ichimlik suv ta’minoti, oqava suv ta’minoti, elektr va gaz ta’minoti, ta’lim muassasalari, madaniyat, sport va boshqa ob’yektlarni rivojlantirish belgilanmoqda. 

 

Eng koʻp mablagʻ Fargʻona (716 ta mahalla uchun 1,1 trln soʻm) va Toshkent viloyatlari (712 ta mahalla uchun 1 trln soʻm) uchun, eng kami – Toshkent shahriga (67 ta mahalla uchun 161,5 mlrd soʻm) va Sirdaryo viloyatiga (122 ta mahalla uchun 137,1 mlrd soʻm) sarflanishi koʻzda tutilmoqda.

 

Shuningdek, mahallalarni rivojlantirish dasturlari doirasida quyidagi tartib oʻrnatilmoqda:

  • qurilish-ta’mirlash ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla”jamgʻarmalari orqali moliyalashtiriladi. Bunda mablagʻlar byudjetlararo transfertlar sifatida ajratiladi; 

Ma’lumot uchun: byudjetlararo transfertlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga hamda buning aksicha oʻtkaziladigan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetidan, viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga hamda buning aksicha oʻtkaziladigan mablagʻlar. 

  • 2022 yilda ajratilib, yil yakuniga qadar oʻzlashtirilmasdan qolgan mablagʻlar Davlat byudjetiga qaytarilmaydi va ushbu mablagʻlar 2023 yilda ob’yektlarning qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlash uchun maqsadli yoʻnaltiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilindi  va 25.10.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Cobir Nurberdiyev.