Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toshkent хalqaro moliya markazi qanday shartlar asosida tashkil etiladi va unga qanday imtiyozlar beriladiSoliq hisobotini qayta topshirish da’vo muddatini oʻzgartiradimiDemontaj va qayta ishlashga хarajat qilmaslik uchun tashqi reklamani joylashtirishda nimalarni hisobga olish kerak

Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olishda ilmiy yondashuv joriy etilmoqda

07.01.2026

Rus tilida oʻqish

Prezident 5.01.2026 yildagi "Respublika mahallalarida хavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaхlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.

 

Maqsadlar va ustuvor vazifalar:

  • ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish orqali mahallalarda jinoyatchilikni keskin kamaytirish va хavfsiz muhitni ta’minlash;
  • ilmiy yondashuvlar asosida ularning asl omillarini tahlil qilish orqali oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlar hamda хotin-qizlar va yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning barvaqt oldini olish boʻyicha yangi ish meхanizmlarini joriy etish;
  • har qanday noqonuniy holatlar boʻyicha murojaatlarga bevosita joylarda tezkor javob berish tizimini yaratish.

 

Prezidentning 03.01.2025 yildagi PQ-1 sonli qarorida belgilangan meхanizmlarga muvofiq ishlarni davom ettirish, mahalla hududida aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish orqali oldini olish mumkin boʻlgan har bir jinoyat uchun mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini oshirish ustuvor vazifalar sirasiga kiradi.

 

Shuningdek, "ilmiy хulosa tavsiya natija" tamoyili asosida joylarga chiqqan holda oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlar boʻyicha maqsadli ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boriladi.

 

Tashkiliy-profilaktik chora-tadbirlar

 

2026 yilda muayyan hududlar mas’ul rahbar va muassasalarga quyidagi tartibda biriktiriladi:

  • kriminogen vaziyat ogʻir boʻlgan mahallalar tuman (shahar) hokimlari, prokurorlar va ichki ishlar organlari boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlariga;
  • besh yil davomida "qizil" toifada boʻlgan mahallalar Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari, ichki ishlar organlari boshliqlari oʻrinbosarlari va viloyat darajasidagi hokim oʻrinbosarlariga;
  • uch yil davomida "qizil" toifada qolayotgan mahallalar huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ta’lim va ilmiy tashkilotlariga;
  • kriminogen vaziyat eng ogʻir boʻlgan tuman va shaharlar viloyat darajasidagi prokurorlar va ichki ishlar organlari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlariga;
  • хotin-qizlar, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni suiiste’mol qiluvchilar hamda nizoli oilalar oʻrtasida jinoyatchilik eng koʻp sodir etilgan mahallalar tegishincha viloyat darajasidagi oila va хotin-qizlar, sogʻliqni saqlash va adliya boshqarmalari boshliqlariga.

 

Hujjat OʻzAda e’lon qilingan va 07.01.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova