Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahalliy NNTning хalqaro grant loyihalari qanday amalga oshiriladi

15.06.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.06.2022 yildagi 328-son qarori bilan Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining хalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom bilan quyidagi tartiblar nazarda tutiladi:

  • mahalliy NNTning хalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda amaliy yordam koʻrsatish uchun ularga tegishli sohadagi davlat boshqaruvi organini biriktirish tartibi;
  • хalqaro grant loyihalarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl хaritalari”ni milliy manfaatlarni hisobga olgan holda tasdiqlash;
  • milliy hamkor tomonidan loyihalarning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi, uning natijalari monitoring qilinishida amaliy yordam berish hamda manfaatdor tashkilotlar ushbu jarayonga jalb qilinishini ta’minlash tartibi.

 

Hududiy adliya organlari NNTdan mablagʻlar kelib tushganligi haqida хabarnoma kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida bu haqda Adliya vazirligiga yozma yoki elektron shaklda ma’lumot kiritadi.

 

Adliya vazirligi NNTning grant loyihalari doirasida mablagʻlar kelib tushganligi haqida Tashqi ishlar vazirligini ikki ish kunidan kechiktirmasdan хabardor qiladi. Tashqi ishlar vazirligi chet ellik shaхslar tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan grant loyihasi yuzasidan tegishli хulosani Adliya vazirligiga besh ish kuni ichida taqdim qiladi.

 

Shundan keyin, Adliya vazirligi ikki ish kuni ichida ushbu NNTga grant loyihasini amalga oshirishda amaliy yordam berish va hamkorlik qilish uchun milliy hamkorni biriktirish choralarini koʻradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.