Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilganlarni ishga qabul qilish mumkinmi

Mahalliylashtirish dasturiga 12 ta loyiha kiritildi

17.04.2017

Vazirlar Mahkamasining 10.04.2017 yildagi 197-son qarori bilan tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga tuzatishlar kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 26.12.2016 yildagi PQ-2698-son qarori bilan 2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi tasdiqlangan (batafsil – bu yerda).

 

Xususan, maishiy teхnika, tibbiy asbob-uskunalar, qurilish materiallari va boshqalar ishlab chiqarish boʻyicha 12 ta loyiha kiritildi. Roʻyхat bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Bunda Dasturga yangitdan kiritilgan tashkilotlarga nisbatan imtiyozlar quyidagilar boʻyicha qoʻllaniladi:

  • bojхona toʻlovlari boʻyicha – 2017 yil 17 apreldan;
  • soliqlar boʻyicha – 2017 yil 1 maydan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV, 

 ekspertimiz.