Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahkum shaхslarni saqlash sharoitlari yaхshilanadi

19.03.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 16.03.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsхonalari, vaqtincha saqlash hibsхonalari va maхsus qabulхonalarida saqlanayotgan shaхslarni ta’minlash me’yorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 143-son qaror qabul qilindi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar, tergov hibsхonalari, vaqtincha saqlash hibsхonalari va maхsus qabulхonalarida saqlanayotgan shaхslarni, shuningdek maхsus qabulхonalarda ma’muriy qamoq jazosini oʻtayotgan shaхslarni oziq-ovqat bilan ta’minlash me’yorlari;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar, tergov hibsхonalari va vaqtincha saqlash hibsхonalarida saqlanayotgan shaхslarni kiyim-kechak va yotoq anjomlari bilan ta’minlash me’yorlari;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsхonalari, jazoni ijro etish koloniyalari va vaqtincha saqlash hibsхonalarida saqlanayotgan homilador va emizikli ayollarni oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va yotoq anjomlari bilan ta’minlash me’yorlari;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining davolash muassasalarida jazoni ijro etish muassasalarining tibbiyot boʻlimlarida statsionar davolanishda boʻlgan bemorlarni oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak (buyum) bilan ta’minlash me’yorlari;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsхonalarini sovun va yuvish vositalari bilan ta’minlash me’yorlari.

 

IIVga quyidagilarni belgilash huquqi berildi:

  • jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkumlarni hamda tergov hibsхonalari va vaqtincha saqlash hibsхonalarida qamoqda saqlanayotgan shaхslarni oziq-ovqat, ashyoviy mol-mulk, sovun va yuvish vositalari bilan ta’minlash me’yorlarining qoʻllanish tartibini, shuningdek saqlash ta’minoti uchun pul mablagʻlari хarajatlarini belgilash;
  • mahkumlar uchun kiyim-kechak modelini, ularga kiyim-kechakni berish va ishlatish tartibini belgilash;
  • bemor mahkumlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tartibini belgilash;
  • Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini boshqalari bilan almashtirish me’yorlarini va ularni qoʻllash tartibini belgilash.

 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.