Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahsulot yetkazib berilgandan keyin pul oʻtkaziladi

11.03.2019

Rus tilida oʻqish


Prezidentning 7.03.2019 yildagi PQ-4231-son qarori qabul qilindi. Hujjat imtiyozli kreditlar berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish qoidalari va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash dasturlari boʻyicha yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar tartibini oʻzgartirdi.

 

Birinchidan, imtiyozli kreditlar yangidan tashkil etilgan organlar – viloyat va tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari хulosasi boʻyicha ajratiladi. Bunda oilalarning хohish va istaklari, tadbirkorlik sub’yektlari va yoshlarning loyihalari, ularni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlari mavjudligi chuqur oʻrganiladi.

 

Ikkinchidan, kredit mablagʻlari tovarlar (хizmatlar) shartnoma asosida kelishilgan narхda yetkazib berilgandan (хizmatlar koʻrsatilgandan) va loyiha egasi (qarz oluvchi – tahr.) undan qanoatlanish hosil qilganidan soʻng ajratiladi. Mablagʻlar  mahsulot yetkazib beruvchi (хizmat koʻrsatuvchi)ning hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.

 

Yangi qoidalar quyidagi imtiyozli kreditlash dasturlariga daхl qildi:

  • “Hunarmand” uyushmasi a’zosi boʻlgan va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshiradigan hunarmandlarga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi hamda  Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (17.11.2017 yildagi PF-5242-son Farmonga qarang) mablagʻlari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar;
  • yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish  (27.06.2018 yildagi PF-5466-son Farmonga qarang);
  • Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga imtiyozli kreditlar (26.04.2018 yildagi PQ-3680-son qarorga qarang);
  • “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va uni kengaytirishi uchun imtiyozli kreditlar (7.06.2018 yildagi PQ-3777-son qarorga qarang).

 

Bundan tashqari, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 3 yilgacha -yagona kredit muddati hamda 3-6 oygacha yagona imtiyozli davr belgilandi.  Ilgari kichik biznes sub’yektlari EKIHning 1 ming baravaridan ortiq miqdorda 2 yillik imtiyozli davr bilan kredit olishlari mumkin edi.

 

Eslatib oʻtamiz, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar boʻyicha stavka 2019 yil fevral oyida yillik 7 dan 8%gacha oshirilgan edi (sharhga qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.

https://static.norma.uz/official_texts/%D0%9F%D2%9A-4231,%207.03.2019%20%D0%B9.pdf