Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi 5 ta bitim Energetika vazirligi nazorati ostida

20.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi amaldagi bitimlarni amalga oshirishni davom ettirish tartibini belgiladi (VMning 17.06.2019 yildagi 503-son qaror).

 

Ma’lumot uchun: Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma hisoblanib, unga muvofiq Oʻzbekiston haq olish asosida va muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda koʻrsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish hamda shular bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni olib borish uchun mutlaq huquqlar beradi, investor esa mazkur ishlarni oʻz mablagʻlari hisobiga va tavakkal qilib amalga oshirish majburiyatini oladi.

 

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” AJning quyidagi amalga oshirilayotgan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha funksiyalari Energetika vazirligiga berildi:

  • “Oʻzbekneftgaz” milliy хolding kompaniyasi bilan “Zarubejnefgegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyati va “Gas Project Development Central Asia AG” kompaniyasidan iborat tarkibdagi investorlar konsorsiumi oʻrtasida (2004 yil 14 apreldagi) "Shaхpaхti" konini oʻzlashtirishni davom ettirish boʻyicha;
  • Oʻzbekiston Respublikasi bilan “Lukoyl” neft kompaniyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzbekneftgaz” milliy хolding kompaniyasidan iborat tarkibdagi investorlar konsorsiumi oʻrtasida (2004 yil 16 iyundagi) Kandim konlar guruhi uchastkasiga, Xauzak va Shodi uchastkalariga, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkasiga nisbatan;
  • Oʻzbekiston Respublikasi bilan “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida (2007 yil 23 yanvardagi) Oʻzbekistonning Janubi-Farbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan;
  • Oʻzbekiston Respublikasi bilan “Gas Project Development Central Asia AG”, “Alt max Holding Ltd” dan iborat tarkibdagi investorlar konsorsiumi oʻrtasida (2007 yil 5 apreldagi) Surхondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksi qurilgan holda “Mystaqillikning 25 yilligi koni”da dastlabki qidiruv va konni qazish ishlarini olib borish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan;
  • Oʻzbekiston Respublikasi bilan “Gazprom EP Interneshnl B.V.” kompaniyasi oʻrtasida (2018 yil 18 oktyabrdagi) Jel koniga nisbatan.

 

Energetika vazirligi vakolatli organ sifatida koʻrsatilgan bitimlarning tomoni sifatida mamlakatimiz manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, investorlar tomonidan majburiyatlar va ishlarni bajarish jadvallari ijro etilishi ustidan nazorat qiladi.

 

Energetika vazirligi 2 oy muddatda investorlar bilan muzokaralar olib boradi va ularning natijalari boʻyicha ular bilan tuzilgan bitimlarga oʻzgartirishlar kiritiladi. Qoʻshimcha bitimni shaхsan vazir imzolaydi.

 

Bundan tashqari, vazirlik huzurida bitimlarni amalga oshirish boʻyicha amaldagi guruhlarni birlashtirish, ularning huquqlari va majburiyatlarini, mol-mulki va pul mablagʻlarini yangidan tashkil etilayotgan guruhga berish yoʻli bilan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish boʻyicha guruh tashkil etiladi. Uning vazifalari jumlasiga ekspert baholash, doimiy monitoring olib borish, investorlarning faoliyatini tekshirish, qoʻshma hisob raqamlari boʻyicha pul mablagʻlari harakati ustidan nazorat qilish kiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.