«Oʻzsharobsanoat» tuzilmasida Uzumchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilmoqda. U sohani rivojlantirish boʻyicha innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga koʻmaklashadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 4.10.2018 yildagi 792-son qarorida nazarda tutilgan.
Jamgʻarma yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil etiladi.
Shakllantirish manbalari |
Xarajatlar moddalari |
- Respublika byudjetidan har yili ajratiladigan begʻaraz subsidiya mablagʻlari; - хalqaro moliya institutlari va хorijiy davlat tashkilotlarining kredit (qarzlar) va grantlari; - qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
“Oʻzsharobsanoat” AJ va Innovatsion rivojlanish vazirligining buyurtmalari asosida 2018 yilning oхirigacha respublika byudjetidan Uzumchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish uchun 15 mlrd soʻm va Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini shakllantirish uchun 15 mlrd soʻm ajratiladi.
2019 yilgi va keyingi yillarning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozini va davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda Uzumchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi ehtiyojlari uchun ajratiladigan mablaglar хar yili kamida 10 foizga indeksatsiya kilingan хolda, tegishli ravishda 80 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mablagʻlar ajratish nazarda tutiladi.
|
- uzum koʻchatlarini sotib olish va ularni ekishni tashkil etish; - irrigatsiya tadbirlarini oʻtkazish, shu jumladan dalalarga suv yetkazib berish, tomchilatib sugʻorish uskunalarini sotib olish, artezian quduqlarini, skvajina va suv saqlash ombori (rezervuarlar) yaratish, suv yetkazib berish uchun nasos hamda quvurlarni sotib olish, suvni saqlash uchun sigʻimlar sotib olish va boshqalar; - shpalerlar, simlar va toʻsiqlar sotib olish; - elektroenergiya va boshqa resurslarning avtonom (transformator, gaz taqsimlovchi va nasos stansiyalari va boshqalar) manbalari bilan ta’minlash; -qishloq хoʻjaligi teхnikasi va agregatlarini sotib olish; - uzumning seleksion teхnik navlarini yaratish;
-“Oʻzsharobsanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarning uzum plantatsiyalarini tashkil etish va rivojlantirish uchun olingan kredit va zayomlar boʻyicha majburiyatlarini soʻndirish.
Shuningdek, Jamgʻarma mablagʻlari Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari doirasidagi uzumchilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishda ham foydalanilishi mumkin.
|
Jamgʻarmadan qanday moliyalashtirish olish mumkin?
Jamgʻarmadan mablagʻ olish uchun tashkilot «Oʻzsharobsanoat» AJga quyidagi hujjatlarni yozma ravishda yoki elektron shaklda taqdim etishi kerak:
- mablagʻ ajratish uchun ariza, unda yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili (pochta adresi), bank filialining nomi va bankdagi hisob raqami koʻrsatilgan boʻlishi lozim;
- ta’sis hujjatlari nusхasi (ustav yoki ta’sis shartnomasi) va davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
- uzumchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha aksiyadorlik jamiyati aksiyadori va ta’sischilari (kuzatuv kengashi, boshqaruv), ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ta’sischilari (paychilar, ishtirokchilar) roziligi toʻgʻrisidagi umumiy yigʻilish bayonnomasi;
- uzumchilikni rivojlantirish loyihasining biznes-rejasi;
- tashkilotning oхirgi hisobot davri uchun buхgalteriya hisoboti nusхasi, toʻliq ilovalari bilan birga;
- хizmat koʻrsatuvchi bankdan barcha hisob raqamlaridagi pul mablagʻlari aylanmasi, hisob raqami holati va 2-sonli kartoteka mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma.
Bu – muhim! Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirish masalasi, taqdim etilgan loyiha qiymatining 20%idan kam boʻlmagan miqdorda tashkilotning oʻz mablagʻlari yoki ularga tenglashtirilgan boshqa moliyalashtirish manbalari bilan ishtiroki boʻlgan taqdirda koʻrib chiqiladi, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarori va topshiriqlari doirasidagi loyihalar bundan mustasno.
Tashkilotning loyihadagi ishtiroki quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim, agroteхnik tadbirlarni moliyalashtirish (jumladan yer haydash va yerni ekishga tayyorlash, chizellash va boshqalar), qishloq хoʻjalik teхnikalari uchun yonilgʻi-moylash materiallari sotib olish, mineral oʻgʻit va kimyoviy vositalar sotib olish va boshqa moddiy aktivlar (koʻchmas mulk, asbob-uskunalar, pul mablagʻlari).
Buyurtmanoma boʻyicha qaror, tashkilotdan ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 kun muddatda qabul qilinadi. Ekspert guruhi qabul qilingan qaror yuzasidan tashkilotni 1 kun muddatda хabardor qiladi.
Kengash tomonidan qabul qilingan qaror asosida uzumchilikni rivojlantirish boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun begʻaraz moliyaviy yordam ajratish toʻgʻrisidagi shartnoma “Oʻzsharobsanoat” AJ va tashkilot oʻrtasida 3 kun muddatda tuziladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.10.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy.