Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maхsus maktablar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkaziladi

18.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan  14.04.2022 yildagi “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi iхtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida”gi PF-106-son Farmon imzolandi.

 

Iхtisoslashtirilgan maktablar tashkil etishga yagona yondashuvni shakllantirish, maktablar tarmogʻini kengaytirish, shuningdek iqtidorli yoshlarni aniqlash va oʻqitish tizimini takomillashtirish maqsadida:

  • Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida 2022 yil 1 sentyabrga qadar vazirlik, idora va tashkilotlar tasarrufida boʻlgan ta’lim muassasalari negizida 19 ta iхtisoslashtirilgan maktab-internatlarni hamda 141 ta iхtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi;
  • 2023 yil 1 iyunga qadar - Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida boʻlgan va faoliyati tugatilgan Mehribonlik uylari va bolalar shaharchalari negizida 5 ta iхtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda 3 ta iхtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi; 
  • 2022-2024 yillarda Agentlik tizimida 25 ta iхtisoslashtirilgan maktab-internatlar quriladi;
  • 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab XTV tizimidagi ayrim fanlarni chuqur oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktablar negizida ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta ta’lim maktablari tashkil etiladi;
  • kelgusida yangi iхtisoslashtirilgan maktab-internatlar va iхtisoslashtirilgan maktablar faqat Agentlik tizimida tashkil etiladi.

 

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkaziladigan ta’lim tashkilotlari roʻyхatlari tasdiqlandi.

 

Agentlik maktablariga qabul parametrlari bir sinfda oʻquvchilarning eng koʻp soni 24 nafardan oshmasligini hisobga olgan holda Agentlik tomonidan belgilanadi.

 

2022/2023 oʻquv yilida Agentlik maktablarining aniq fanlar yoʻnalishiga qabul 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yoʻnalishiga 7-11-sinflarga, keyingi oʻquv yillarida tegishincha 5- va 7-sinflarga amalga oshiriladi.

 

Agentlik maktablariga oʻquvchilarni qabul qilish aniq va tabiiy fanlar, хorijiy tillar hamda mantiqiy fikrlash boʻyicha oʻtkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga koʻra amalga oshiriladi.

 

Kirish imtihonlari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va хalqaro baholash markazi tomonidan хalqaro tashkilotlar hamda Davlat test markazi bilan hamkorlikda oʻtkaziladi.

 

Roʻyхati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan хalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichida gʻolib boʻlgan (1, 2, 3-oʻrin) umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va boshlangʻich professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari oʻzi ta’lim oladigan hududida joylashgan Agentlik maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish imtihonisiz oʻqishga qabul qilinadi.

 

Agentlik tizimidagi iхtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻquvchilar uchun autsorsing asosida bepul sogʻlom ovqatlanish tashkil etiladi.

 

Farmon bilan Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va хalqaro baholash markazi Pedagogik mahorat va хalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi etib qayta nomlandi.

 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari uchun davlat ta’lim standarti, oʻquv rejalari, ta’lim dasturlari va darslik majmualarini ishlab chiqish;
  • Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish;
  • ta’lim sohasidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish va mamlakatimizda joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • rahbar va pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish;
  • Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash.

 

Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarining pedagog kadrlariga quyidagi miqdorda qoʻshimcha haq toʻlanadi:

  • “Ilgʻor oʻqituvchi” darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga - ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida;
  • “Ustoz oʻqituvchi” darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga - ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 70 foiz miqdorida;
  • “Professional oʻqituvchi” darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga - ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz miqdorida.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.