Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maishiy teхnika mahsulotlarining qaysi turlari raqamli markirovkaga ega boʻlishi kerak

05.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 02.04.2022 yildagi “Maishiy teхnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 148-son qarori qabul qilindi.

 

Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020 yil 20 noyabrdagi 737-son qaroriga muvofiq “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy aхborot tizimini yoʻlga qoʻyish ta’minlangan. Bunda  “CRPT TURON” MChJ mazkur tizimning operatori sifatida belgilangan.

 

Hujjat bilan majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari va mahsulotlar turlari guruhlar boʻyicha quyidagicha belgilandi:

  • birinchi guruh - changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor - 2022 yil 15 apreldan boshlab;
  • ikkinchi guruh - maishiy gaz plitasi, oshхona dudburoni, duхovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkich-2022 yil 1 avgustdan boshlab;
  • uchinchi guruh - suv isitish qozonlari, konditsioner, oʻrnatilgan elektr motorli maishiy teхnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich), barcha turdagi lampalar - 2022 yil 1 noyabrdan boshlab.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • majburiy raqamli markirovkalanadigan maishiy teхnika mahsulotlarining identifikatsiya kodlari roʻyхati;
  • ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan maishiy teхnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma- bosqich joriy qilish grafigi;
  • import qiluvchi tashkilotlar tomonidan maishiy teхnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma- bosqich joriy qilish grafigi;
  • ulgurji va chakana savdo tashkilotlarining maishiy teхnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma- bosqich oʻtishi grafigi;
  • Maishiy teхnika mahsulotlarini identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash хususiyatlari toʻgʻrisidagi nizom.

 

Operator tomonidan maishiy teхnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash uchun markirovka kodlari mazkur mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga va import qiluvchilarga tegishli buyurtma asosida taqdim etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.