Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Majburiy auditorlik tekshiruvlari: nimalar oʻzgaradi

23.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”, “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunlarga tuzatishlar kiritildi (22.01.2020 yildagi OʻRQ-603-son Qonunga qarang).


Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning sentyabr oyida Prezident auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga doir qarorni imzolagan edi. Ushbu hujjatda nazarda tutilgan  chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi (2019 va 2020 yillardan, tahr.), sababi buning uchun jumladan qonunlarga tuzatishlar tayyorlash va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish lozim edi.

 

Xususan, uning bandlaridan biri bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab hisobot yili yakuni boʻyicha quyidagi shartlardan bir vaqtning oʻzida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim:

  • aktivlarning balans qiymati BHMning 100 000 barobar miqdoridan ortiq boʻlsa;
  • mahsulotlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushum BHMning 200 ming barobar miqdoridan ortiq boʻlsa;
  • хodimlarning oʻrtacha yillik soni 100 kishidan ortiq boʻlsa.

 

Biroq qonun hujjatlariga kiritilgan tuzatishlar Prezident qarorining yuqorida koʻrsatilgan normalaridan qator jihatlari bilan farq qiladi:

birinchidan,  faqat bitta mezon - aktivlarning balans qiymati belgilangan. Har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish uchun u BHMning 100 ming barobar miqdoridan , ya’ni  22 300,0 mln soʻmdan (material e’lon qilingan sanada) ortiq boʻlishi kerak. Tushum va хodimlarning oʻrtacha yillik soni bu holatda inobatga olinmaydi.

ikkinchidan, tuzatishlar qarordan kelib chiqqanidek tijorat tashkilotlarining   barchasiga ham emas, balki faqat mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlarga taalluqli. Aksiyadorlik jamiyatlari, kredit va sugʻurta tashkilotlari, investitsiya fondlari, birjalar, davlatga tegishli ulushga ega sub’yektlar va DUKlarni ham esdan chiqarmaslik kerak (Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi);

uchinchidan, oʻzgartirishlar 1 yanvardan emas, balki 2020 yilning 24 martidan amalga kiritiladi (tuzatishlar e’lon qilingandan e’tiboran uch oy oʻtgach, tahr.).

 

Aksiyadorlik jamiyatlariga doir yangiliklar ham mavjud. Endi mustaqil tashqi auditorlik tashkilotlari AJ sof aktivlari qiymatining 10%i va undan koʻpini tashkil etadigan ularning yirik bitimlari va affillangan shaхs bilan bitimlari shartlarini oʻrganadilar.  Bunda baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan mol-mulkning bozor qiymati inobatga olinadi. Auditsiz bunday bitimlarni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish mumkin emas. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli qoʻshimchalar 23 yanvardan kuchga kirdi.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 23.01.2020 yildagi 17 (7488)-sonida e’lon qilingan.

 

 Oleg Zamanov.