Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Majburiy ijro byurosi vakolatlari qayta koʻrib chiqildi

18.06.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident tomonidan energoresurslarni sotish masalalari boʻyicha yangi hujjat imzolandi (18.06.2020 yildagi PF-6010-son Farmonga qarang).

 

2020 yil 1 iyuldan boshlab tabiiy gaz ichki bozorda quyidagi tarzda sotiladi:

  • "Oʻztransgaz" AJ uni "Hududgazta’minot" AJga va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan iste’molchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotadi;
  • "Hududgazta’minot" AJ ushbu tabiiy gaz magistral gaz uzatish tizimi orqali yetkazib berilgan taqdirda - "Oʻztransgaz" AJdan, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri gaz taqsimlash tarmoqlariga yetkazib berilgan taqdirda - tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilardan oldi-sotdi shartnomalariga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tariflar boʻyicha sotib oladi. Ushbu gaz keyinchalik gaz taqsimlash tarmoqlariga ulangan respublika ichki iste’molchilariga, shu jumladan aholiga sotiladi.

 

Shuningdek, 1 iyuldan boshlab tabiiy gazning yangi iste’molchilari faqat gaz taqsimlash tarmoqlariga ulanadi. "Oʻztransgaz" AJning magistral gaz uzatish tizimiga ulangan iste’molchilar "Hududgazta’minot" AJning gaz taqsimlash tarmoqlariga 2021 yil 31 dekabrga qadar bosqichma-bosqich oʻtkaziladi va shartnomalar qayta tuziladi. Bu yangiliklar yirik strategik korхonalarga daхl qilmaydi.

 

! Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish (shu jumladan oхirgi iste’molchigacha sotish) boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхs - litsenziatlar tomonidan quyidagi harakatlarni amalga oshirish litsenziya bitimi talablari va shartlarini bir marotaba qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi va litsenziyalovchi organning qaroriga muvofiq litsenziya amal qilishining tugatilishiga olib keladi:

  • umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish;
  • tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish;
  • hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga ruхsatsiz aralashish.

 

Bundan tashqari, 2020 yil 1 avgustdan boshlab Majburiy ijro byurosining quyidagi vazifalari va vakolatlari quyidagilarga oʻtkaziladi:

a) Energetika vazirligiga:

  • elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarining joriy etilishini tashkil etish va ushbu jarayonlar ustidan monitoring oʻtkazish;
  • energiya resurslari uchun hisob-kitob qilinishini ta’minlash tizimini kompleks tahlil qilish, tizimli muammolarni aniqlash, takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va "Hududgazta’minot” AJ bilan birgalikda - elektr energiyasi va tabiiy gazni ehtiyot qilish va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan iste’molchilarning huquqiy madaniyati va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

b)  "Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy korхonalariga va "Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz ta’minoti tashkilotlariga:

  • elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini ta’minlash, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirish, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz sotuvi va iste’molini hisobga olish;
  • tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda - elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-taroj holatlarini  aniqlash, bartaraf etish va oldini olish.

 

Tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi 2021 yil oхiriga qadar barcha turdagi iste’molchilar uchun toʻliq joriy etilishi kerak. Energetika vazirligiga "Oʻztransgaz" AJ va "Hududgazta’minot" AJ bilan birgalikda topshiriq berildi.