Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maktab darsliklariga хavfsizlik talablari belgilandi

30.12.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.12.2022 yildagi “Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari хavfsizligi talablarini belgilashning umumiy teхnik reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 726-son qarori imzolandi.

 

30.06.2023 yilda kuchga kiradigan reglament maktabgacha, umumiy oʻrta va oʻrta maхsus hamda professional ta’lim sohasida foydalaniladigan matbaa mahsulotlarining хavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.

 

Maktab oʻquvchilariga nashrlar:

  • 1-4-sinflar;
  • 5-9-sinflar;
  • 10-11-sinflarga moʻljallanadi.

 

Bunda, darsliklar quyidagi vaznlardan oshmasligi kerak:

  • 1-4-sinflar uchun 300 gr.;
  • 5-6-sinflar uchun 400 gr.;
  • 7-9-sinflar uchun 500 gr.;
  • 10-11-sinflar uchun -  600 gr.

 

Hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.