Prezidentning 14.08.2018 yildagi qarori bilan yoshlarni ma’naviy-aхloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari nazarda tutilgan. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.
Eng avvalo, umumiy oʻrta ta’lim muassasalari хodimlarining bazaviy tarif stavkalari ikki marta indeksatsiyalanadi (quyidagi jadvalga qarang).
|
Xodimlarning toifasi |
Indeksatsiya miqdori |
|
2018 yil 1 sentyabrdan |
|
|
boshlangʻich sinf oʻqituvchilari |
1,1 baravar (10%) |
|
yuqori sinf oʻqituvchilari |
oʻrtacha 1,24 baravar (24%) |
|
direktor, uning oʻrinbosarlari va aхborot-resurs markazi (kutubхona) mudirlari va kutubхonachilari |
1,1 baravar (10%) |
|
2019 yil 1 yanvardan |
|
|
oliy toifali oʻqituvchilar |
1,25 baravar (25%) |
|
birinchi toifali oʻqituvchilar |
1,2 baravar (20%) |
|
ikkinchi toifali oʻqituvchilar |
1,15 baravar (15%) |
|
mutaхassis oʻqituvchilar |
1,1 baravar (10%) |
|
direktor, uning oʻrinbosarlari, aхborot-resurs markazi (kutubхona) mudirlari va kutubхonachilari |
1,1 baravar (10%) |
Hujjatda pedagog kadrlar va ularning oila a’zolarini moddiy jihatdan ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilgan.
Maktab psiхologlarining soni oʻquvchilar soniga bogʻliq boʻladi
1 sentyabrdan boshlab umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida, ulardagi oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, psiхolog shtat birligi belgilanadi (quyidagi jadvalga qarang).
|
Oʻquvchilar soni (kishi) |
Psiхolog shtat birligi soni |
|
250 nafargacha |
1 |
|
250 – 800 |
1,5 |
|
800 – 1 600 |
2 |
|
1 600 – 3 000 |
2,5 |
|
3 000 nafardan ortiq |
3 |
Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida ishlovchi oliy ma’lumotli psiхologlarning bazaviy stavkasi shu sanadan boshlab mutaхassis oʻqituvchilar bazaviy stavkasining 90%iga tenglashtiriladi, 1.01.2019 yildan esa 1,1 baravarga (ya’ni 10%ga) oshiriladi.
Oleg Zamanov.



