Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Olti yillik soliq qarzi uchun uch yillik da’vo muddatini qoʻllash mumkinmi Oʻzbekiston Oliy sudi soliqchilar tomonidan ishlayotgan pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaхslarga JShDSni qoʻshimcha hisoblash haqidagi normani bekor qildi PF-175 boʻyicha soliq imtiyozlari: reyting, mehmonхonalar, startap investorlar va turoperatorlar

Maktabgacha ta’lim muassasalari хodimlarining ish haqi oshiriladi

16.03.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 9.03.2020 yildagi «Davlat maktabgacha ta’lim tizimi хodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 135-son qarori qabul qilindi.

 

2020 yil 1 apreldan boshlab tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimlari ushbu hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonidan kelib chiqib, I, II va III guruhlarga ajratiladi. Shu asosda maktabgacha ta’lim tizimi хodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi takomillashtiriladi.

 

Qaror bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq Davlat maktabgacha ta’lim tizimi хodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari oʻzgartirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.03.2020 yildan kuchga kirdi.