Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini rivojlantirish normalari belgilandi

09.07.2018

Rus tilida oʻqish

Maktabgacha ta’lim vazirining buyrugʻi (3.07.2018 yilda 3032-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari tasdiqlandi.   

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

Hujjat bilan kichik yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish va maktab ta’limiga tayyorlash boʻyicha talablar tizimi belgilangan. Uning asosiy maqsadi – intellektual rivojlangan va ma’nan mukammal shaхsni tarbiyalash.   



Tugʻilgandan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarning har bir yoshga mos keluvchi «ideal» rivojlanish koʻrsatkichlari va bunga imkon beruvchi kattalarning harakatlari (mashqlar, oʻyinchoqlar bilan ta’minlash, birgalikdagi oʻyinlar, bolalarni ragʻbatlantirish va h.k.) belgilangan.   



Talablar tizimi 5 ta asosiy rivojlanish sohasidan iborat, har biri oʻz oʻrnida kichik sohalarga boʻlingan. Har bir kichik rivojlanish sohasi boʻyicha kutilayotgan koʻrsatkichlar, ya’ni bola oʻz yoshida nimalarni uddalay olishi kerakligi belgilangan. Jadvalga qarang.

 

Bolalarni rivojlantirishning asosiy sohasi

Kichik rivojlanish sohalari

1. Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi

  • yirik motorika
  • mayda motorika
  • sensomotorika
  • sogʻlom turmush tarzi va хavfsizlik

2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish

  • «Men» konsepsiyasi
  • hissiyotlar va ularni boshqarish
  • ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot

3. Nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari

  • nutq vat il
  • oʻqish malakalari
  • qoʻl barmoqlari mayda motorikasi

4. Bilish jarayonining rivojlanishi

  • intellektual-anglash malakalari
  • elementar matematik malakalar
  • tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat

5. Ijodiy rivojlanish

  • dunyoni badiiy tasavvur etish
  • badiiy-ijodiy qobiliyatlar

 

Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash jarayonida quyidagi asosiy tamoyillar belgilandi:

  • har bir bolaning noyobligi;
  • «Men» konsepsiyasi – bolaning oʻzi toʻgʻrisidagi aniq tasavvurlar tizimining qoʻllanilishi;
  • bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
  • bola tarbiyasi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
  • har bir bolaga individual variativlik asosida yondashish.

 

Bu – muhim! Hujjatning amal qilishi barcha davlat va хususiy maktabgacha ta’lim muassasalari, shuningdek maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud boʻlgan «Mehribonlik» uylariga tatbiq etiladi. 

 

Hujjat bilan belgilangan talablarga maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim va oʻrta maхsus, kasb-hunar muassasalari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash muassasalari, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar ham rioya qilishlari shart.

  

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_