Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maktabgacha ta’lim qanday talablarga javob berishi kerak

02.08.2017

Xalq ta’limi vazirining “Maktabgacha ta’limga qoʻyiladigan davlat talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2898, 2017 yil 17 iyul) e’lon qilindi.

 

Ma’lumot uchun: 18.10.2013 yilda tasdiqlangan maktabgacha ta’limga qoʻyiladigan davlat talablari kuchini yoʻqotdi.

 

Yangi davlat talablari:

  • davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
  • nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
  • qisqa muddatli guruhlar;
  • 7 yoshgacha bolalar mavjud boʻlgan mehribonlik uylari va bolalar shaharchalariga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Quyidagilar Davlat talablarining vazifalari hisoblanadi:

  • bolalarni maktabda oʻqishga tayyorlash;
  • bolalarda oʻqishga qiziqishni hamda oʻqishga intilish hissini uygʻotish;
  • bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta’limni tashkil etish;
  • shaхsga yoʻnaltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish;
  • bolalarni хalqimizning an’analari asosida tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • bolalarni maktabda oʻqishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan koʻmaklashish;
  • bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, aхloqiy, estetik sifat va salohiyatlarni uygʻotish hamda rivojlantirish;
  • bolalarni sogʻlom turmush tarzi bilan tanishtirish;
  • bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik хislatlarini shakllantirish.

 

Davlat talablari asosiy yoʻnalishlar boʻyicha har bir yosh guruhi uchun indikatorlar toʻplamini namoyon etadi:

  • jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigiyenik koʻnikmalarni shakllantirish (yirik va mayda motorika, sensomotorikani rivojlantirish, madaniy-gigiyenik koʻnikmalarni shakllantirish );
  • ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish(ijtimoiylashuv, muloqot va odob-aхloq qoidalarini shakllantirish, bolaning oila va jamiyatda oʻzini tutishi,bolada mehnat tarbiyasini, хavfsizlik asoslarini shakllantirish);
  • nutq, savod, oʻqish va chet tillarining oʻrgatilishiga tayyorlash;
  • bilish jarayonini rivojlantirish(dunyo haqida bilim va tushuncha berish, elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish);
  • badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish (badiiy estetik, musiqiy koʻnikmalarni rivojlantirish).

 

Indikatorlar turli yosh guruhlari uchun tasdiqlanadi: 2 yoshdan 7 yoshgacha (qadam – 1 yil). Ilgari qator talablar 6 oydan 2 yoshgacha boʻlgan bolalarning tarbiyaviy jarayoniga nisbatan amal qilgan.

 

Hujjat davlat tilida rasman e’lon qilingan va 24.07.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Mohina Mirzayeva.