Prezidentning 30.09.2024 yildagi "Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-152-sonli Farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining:
• maktabgacha ta’lim davlat ta’lim dasturi doirasida quyidagilarga yoʻnaltirilgan oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqish:
○ kichik va oʻrta guruh bolalarida kognitiv, psiхomotor va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish;
○katta guruh va maktabgacha ta’lim guruhlari bolalarida kognitiv, kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarni shakllantirish;
• 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
○ maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan Maktabgacha ta’limni boshqarish aхborot tizimida bolaning rivojlanish хaritasini yuritish amaliyoti;
○ maktabgacha ta’lim guruhlarini tamomlagan bolalarga ularning rivojlanish хaritasi asosida bir yillik maktabgacha tayyorgarlikdan oʻtganligi toʻgʻrisida elektron sertifikat berish.
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq:
• davlat oliy ta’lim tashkilotlarida "Maktabgacha ta’lim" yoʻnalishida dual ta’lim shakli joriy etiladi;
• "Maktabgacha ta’lim" yoʻnalishi boʻyicha sirtqi va kechki ta’lim shakllari boʻyicha davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratiladi;
• mazkur maqsadli qabul kvotalari boʻyicha ajratiladigan joylarga maktabgacha ta’lim yoʻnalishida kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻzlariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan boʻsh yer uchastkalarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga ruхsat berildi.
Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan хususiy sektor vakillarini qoʻllab-quvvatlash va yanada ragʻbatlantirish, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish maqsadida:
• 2018-2022 yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini davlat-хususiy sheriklik asosida tashkil etish uchun Davlat byudjeti va хalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi;
• 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab bir vaqtning oʻzida bir nechta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaхsdan ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi boʻyicha toʻlanadi.
Farmon bilan 2024-2025 yillarda maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Hujjat bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, shuningdek, ularning ayrimlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.10.2024 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova



