Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maktabgacha ta’lim vazirligi poytaхt va poytaхt mintaqasida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin

23.07.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018 yildagi 552-son qarori bilan Rahbarlari хodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхatiga qoʻshimcha kiritildi.

 

Vazir timsolida Maktabgacha ta’lim vazirligi ana shunday huquqqa ega boʻldi.

 

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati 11-bandiga muvofiq, vazirlikka ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaхassislar, tor iхtisoslikdagi mutaхassislar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, хotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) – mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga shunday tartibda propiska qilinishi mumkin. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_