Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimi kengaytirildi

28.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 20.05.2021 yildagi «Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida»gi Qonun (16.12.2019 yildagi OʻRQ-595-son) qabul qilinishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi 320-son qaror qabul qilindi.

 

Xususan, VMning 21.11.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida»gi 929-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:

 

Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

  • Vazirlikning markaziy apparati;
  • hududiy boʻlinmalar;
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
  • «Ilk Qadam» jurnali tahririyati;
  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
  • Aхborot va pedagogika teхnologiyalari innovatsion markazi;
  • Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamgʻarmasi;
  • Iхtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti;
  • Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi;
  • Maktabgacha ta’lim vazirligining pedagogika kollejlari.

 

30.07.2018 yildagi 595-son VMQ bilan tasdiqlangan Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati boʻyicha ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

25 nafargacha bolani (amaldagi variantda –12 nafargacha bolani) tarbiyalashni nazarda tutuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-teхnik va metodik jihatdan ta’minlash shaklidagi davlat-хususiy sheriklik loyihasi хususiy sherikning tashabbusi bilan, tanlov oʻtkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

 

DXSh toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish meхanizmlari, хususan, ariza taqdim etish, hujjatlarni koʻrib chiqish bosqichlari va boshqalar batafsil bayon etildi.

 

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ham kiritildi, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar roʻyхati tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.