Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maktabgacha ta’lim vazirligining vakolatlari va mas’uliyati nizomda koʻrsatildi

30.11.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 21.11.2017 yildagi 929-son qarori bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi toʻgʻrisidagi nizom va Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining (keyingi oʻrinlarda – Institut) ustavi tasdiqlandi.

 

Mazkur muassasalarni tashkil etish, vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari haqida biz ilgari yozgandik.

 

Hujjatga koʻra vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

  • markaziy apparat;
  • hududiy boʻlinmalar;
  • Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
  • «Maktabgacha ta’lim metodikasi» jurnali tahririyati;
  • davlat maktabgacha ta’lim muassasalari.

 

Maktabgacha ta’lim vaziri Prezident tomonidan Bosh vazir taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlaydi. Vazirning uch oʻrinbosari, jumladan, birinchi oʻrinbosari ham davlat rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi.

 

Hududiy boʻlinmalar rahbarlari quyidagi tartibda tayinlanadi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri – vazir bilan kelishgan holda Joʻqorgʻi Kenges tomonidan;
  • hududiy boʻlinmalar rahbarlari - viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tumanlar (shaharlar) hokimlari bilan kelishgan holda vazir tomonidan.

 

Nizomda vazirlik markaziy apparatining, uning hududiy boʻlinmalarining hamda tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimlarining  asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va mas’uliyati oʻz ifodasini topgan.

 

Oʻz navbatida, Institutning Ustavi asosiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha uning vazifalari va funksiyalarini oʻz ichiga olgan. Bundan tashqari, hujjatda muassasaning huquqlari, tashkiliy masalalar, moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minot, shuningdek хodimlar mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish kabilar aks ettirilgan.   

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 24.11.2017 yilda kuchga kirdi.    


Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


Oleg Zamanov,

ekspertimiz