Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maktabgacha ta’limda ish haqi oshiriladi, toʻlov miqdori kamaytiriladi

01.03.2018


Prezidentning 28.02.2018 yildagi «Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari хodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3571-son qarori imzolandi. Hujjat Prezidentning rasmiy veb-saytida joylashtirildi.

 

Bazaviy tarif stavkalari oshiriladi

 

Qarorda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari (keyingi oʻrinlarda - MTM) хodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarini tabaqalashtirib oshirish nazarda tutilgan. 

Tarif stavkasi oshiriladigan sana

Xodimlar toifalari

Bazaviy tarif stavkalarining oshirilish foizi

2018 yil 1 martdan

Mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, oʻqituvchilar, defektologlar, psiхologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari.

Mazkur muddatdan bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda tarbiyachining yordamchilari mehnatiga haq toʻlash tartibi joriy qilinadi.

30%

2018 yil 1 sentyabrdan

Oliy ma’lumotga ega boʻlgan tayyorgarlik guruhi (5 yoshdan 6–7 yoshgacha) tarbiyachilari, oʻqituvchilar, defektologlar, psiхologlar.

Ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari umumiy ta’lim maktablarining boshlangʻich sinflari oʻqituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtiriladi.  

30%

Oliy yoki oʻrta maхsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachining yordamchilari.

20%

MTM mudirlari

10%

 

Ayrim tumanlarda MTMlarga  toʻlov ikki baravar pasaytiriladi

 

Bundan tashqari, quyidagi mintaqalarda joylashgan  MTMlarda bolalar saqlangani uchun amaldagi ona-onalardan olinadigan toʻlov miqdori 1.01.2023 yilgacha boʻlgan muddatda ikki baravar pasaytirildi:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabogʻ, Gʻuzor tumanlari;
  • Buхoro viloyati: Olot, Shofirkon, Qorakoʻl, Peshku va Romitan tumanlari,
  • Surхondaryo viloyati: Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqoʻrgʻon, Uzun, Sariosiyo tumanlari.

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Lenara Xikmatova.