Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Maktablardagi "Kelajak soati" dasturi davlat organlari ishtirokida yangilanadi

14.07.2026

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Senati Kengashi 06.07.2026 yildagi "Umumta’lim maktablarida oʻqitiladigan "Kelajak soati" mashgʻulotlari oʻquv dasturini takomillashtirishda davlat organlari va tashkilotlarining ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi KQ-368-V-son qarorni qabul qildi.

 

Maqsad – umumta’lim maktablarida oʻqitiladigan "Kelajak soati" darslari mazmunini boyitish, oʻquvchilarda huquqiy, ma’naviy, moliyaviy, ekologik va raqamli madaniyatni shakllantirish.

 

Oʻquv dasturini takomillashtirish jarayoniga davlat organlari va tashkilotlari jalb etiladi. Hujjat bilan oʻquv dasturini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi hamda mazkur ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.

 

"Kelajak soati" oʻquv dasturini takomillashtirish quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:

• kasbga yoʻnaltirish;

• huquqiy, moliyaviy va raqamli savodхonlikni oshirish;

• sogʻlom turmush tarzi, ekologik madaniyat va fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirish;

• ma’naviy-aхloqiy tarbiyani mustahkamlash va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.07.2026 yildan kuchga kirdi.

                               

         Lola Abduazimova