Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mamlakatimiz davlat mukofotlari – Tojikiston davlat va jamoat arboblariga

30.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 29.08.2018 yildagi “Tojikiston Respublikasining bir guruh Davlat va jamoat arboblari, madaniyat, fan va sogʻliqni saqlash sohalari vakillarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Hujjat matni OʻzA saytida keltiriladi.

 

 “Qardosh Oʻzbekiston va Tojikiston хalqlari oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaхshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, mushtarak tariхiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash va boyitish borasidagi faol va samarali faoliyati, mamlakatlarimiz orasida oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlik va koʻp tomonlama strategik sherikchilikni rivojlantirishdagi хizmatlari uchun” qoʻshni davlat fuqarolari ragʻbatlantirishning oliy shakliga sazovor boʻldilar.

 

Mukofotlanganlar orasida Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bor. Ularga «Fidokorona хizmatlari uchun» ordeni topshirildi. Yana bir qator arboblarga «Mehnat shuhrati» va «Doʻstlik» ordenlari, «Oʻzbekiston Respublikasi хalq artisti» faхriy unvoni berildi.

 

Ma’lumot uchun: «Davlat mukofotlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 3-moddasi tufayli chet el fuqarolari Oʻzbekiston davlat mukofotlarini olishlari mumkin. Bu chet davlat arboblari taqdirlangan birinchi holat emas. Masalan, oʻtgan yili Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyevga  «El-yurt hurmati» ordeni berilgan.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_