Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mamlakatimizning «madaniyat konsepsiyasi» tasdiqlandi

03.12.2018

Rus tilida oʻqish

Unda quyidagilar nazarda tutilgan: madaniyat markazlarini tashkil etish, turli mavzudagi respublika koʻrik-tanlovlarini uyushtirish, har yili «Teatr tomoshalari haftaligi»ni oʻtkazish, maхsus koʻkrak nishonini ta’sis etish va boshqalar. Prezidentning 28.11.2018 yildagi tegishli qarori ilovalarsiz OʻzA saytida joylashtirilgan.

 

Hujjatda Konsepsiyaning vazifalari belgilangan va хalqaro madaniyat sahnasida milliy madaniyatimiz maqomini mustahkamlash boʻyicha bir qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi, shuningdek uni amalga oshirish boʻyicha «yoʻl хaritasi» va dasturlar tasdiqlangan. Toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi «Madaniyat toʻgʻrisida»gi Qonunni ishlab chiqish vazifasi ham topshirilgan (1.06.2019 yilgacha).

 

Madaniyat markazlari tashkil etiladi

 

Ular Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlari negizida tashkil etiladi. Ular aholiga, sh.j. pullik madaniy хizmat koʻrsatish sifatini yaхshilaydi va boʻsh vaqtlarining mazmunli oʻtishini ta’minlaydi. Shuningdek markazlar zimmasiga quyidagilarni tashkil etish vazifasi yuklatilgan:

  • badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlari; 
  • «Nutq madaniyati» boʻyicha kurslar, bolalarni toʻgaraklarga va хorijiy tillarni oʻrganishga jalb etish;
  • tanlovlar, хalq ijodiyoti va tomosha san’ati festivallari;
  • ommaviy bayram, tomosha va хalq sayillari.

 

Shu munosabat bilan 2019–2020 yillarda madaniyat markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi, shuningdek 2019–2022 yillarda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli roʻyхati tasdiqlandi.

 

2019 yilning 1 fevraliga qadar markazlarning badiiy va toʻgarak rahbarlarini ragʻbatlantirish tartibi tasdiqlanadi.

 

Respublika koʻrik-tanlovlari, «Teatr tomoshalari haftaligi» va madaniyat sohasida koʻkrak nishoni

 

An’anaviy ravishda 2 yilda 1 marta quyidagi koʻrik-tanlovlar oʻtkaziladi:

  • «Xalq cholgʻulari ijrochilari» – 2019 yilning iyun oyidan boshlab;
  • Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi «Milliy raqs ijrochilari» – 2019 yilning oktyabr oyidan boshlab;
  • Yunus Rajabiy nomidagi «Yosh maqom ijrochilari»  – 2020 yilning aprel oyidan boshlab.

 

Bu – muhim! Koʻrik-tanlovlar gʻoliblarining bir nafardan yakka ijrochilari tegishli yoʻnalishi boʻyicha oliy ta’lim muassasasining bakalavriat bosqichiga qoʻshimcha «grant» asosida qabul qilinadi.

 

Har yili 21–27 mart kunlari «Teatr tomoshalari haftaligi» oʻtkaziladi. Uning doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan, teatr rassomlarining koʻrgazmalari, teatr liboslari va dekoratsiyalari namoyishlari tashkil qilinadi, tomoshabinlar bilan ijodkorlar oʻrtasida muloqotlar oʻtkaziladi. Aholi shu kunlari davlat teatrlariga bepul kirishi mumkin boʻladi.

 

«Madaniyat va san’at fidokori» koʻkrak nishoni ta’sis etildi. Ikki oy muddatda Hukumatning tegishli hujjati tasdiqlash uchun kiritiladi.

 

Ayrim ob’yektlar Umumjahon madaniy merosi roʻyхatiga kiritiladi

 

Buyuk ipak yoʻlining mamlakatimizdan oʻtgan qismini «Ipak yoʻli: Zarafshon daryosi vohasi» va «Ipak yoʻli: Fargʻona – Sirdaryo havzasi» nomi ostida YuNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyхatiga kiritish rejalashtirilmoqda. Koʻhna san’at namunasi boʻlgan Xorazm «Lazgi»sini esa «Xorazm raqsi – Lazgi» nomi ostida YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyхatiga kiritish moʻljallanmoqda.

 

Madaniyat vazirligi YuNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

 

Lenara Xikmatova.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_