Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ma’muriy huquqbuzarlik boʻyicha qabul qilingan qarorga shikoyat berish muddati qisqarmoqda

03.01.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 25.12.2023 yildagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi  OʻRQ-884-son Qonun imzolandi.

 

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyat berish   muddati ikki baravarga qisqartirilmoqda (20 sutkadan 10 sutkagacha).

 

Ma’muriy huquqbuzarlik boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan qaror ustidan 6 oy ichida  Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida koʻrib chiqish uchun shikoyat keltirish mumkin.

 

Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bir oygacha boʻlgan muddatda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi lozim.

 

Shikoyatni oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha Oliy sudning sudyasi oʻz ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

• sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida;

• shikoyatni ish bilan birga koʻrib chiqish uchun Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazish haqida.

 

Ishni sudda koʻrib chiqishda quyidagi shaхslar ishtirok etishi mumkin:

• ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaхs;

• jabrlanuvchi;

• ularning qonuniy vakillari;

• advokat;

• ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ.

 

Ushbu shaхslar sud majlisida bevosita yoхud videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etishi mumkin.

 

Prokuror tomonidan taftish tartibida protest kiritilgan ishlar boʻyicha Bosh prokuror, uning oʻrinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror ishtirok etishi shart.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;

2) apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish va birinchi instansiya sudining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish haqida;

3) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;

4) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoхud bekor qilish va yangi qaror qabul qilish haqida;

5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada oʻzgartirish haqida;

6) taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida.

 

Ishni taftish tartibida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan qaror uzil-kesildir.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.01.2024 yildan kuchga kiradi.


Sobir Nurberdiyev.