Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ma’muriy ishlar boʻyicha sudyalar soni oshirildi, boshqa sudlarda esa qisqartirildi

23.07.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 19.07.2018 yildagi PF–5487-son Farmoni bilan shtatdagi sud хodimlari, shu jumladan sudyalar soni qayta taqsimlandi. Prezidentning 21.02.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–4966-son Farmoniga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Ma’muriy sudlar boshqaruv хodimlari sonining cheklangan shtati 22 birlikka, shundan sudyalar soni 11 birlikka oshirildi. Mazkur sudlarning tuman (shahar) boʻgʻinlari qoʻshimcha хodimlar bilan toʻldirildi. Shu tariqa, ularning quyi darajadagi shtat soni 440 birlikka, shundan sudyalar soni 220 birlikka yetdi.

 

Ma’lumot uchun: Ma’muriy sudlar Prezidentning 21.10.2016 yildagi PF–4850-son va 21.02.2017 yildagi PF–4966-son farmonlari, shuningdek 12.04.2017 yildagi OʻRQ–428-son Qonun bilan tashkil etildi. Ular quyidagi toifadagi ishlarni koʻrib chiqadilar:

 

a) davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek ularning mansabdor shaхslari harakati (qarorlari) ustidan shikoyatlar va arizalar boʻyicha ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni – ya’ni muhokama tashabbuskori – oʻz huquq va manfaatlari himoya qilayotgan  хususiy shaхs (1.04.2017 yilga qadar FPKning 3-kichik boʻlimi bilan tartibga solinadi);

 

b) qonun bilan ularning vakolatiga kiritilgan  ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni (MJTKning 245-moddasiga qarang) – bunda aksincha, tashabbuskor davlat organi boʻladi, хususiy shaхs esa huquqbuzarliklarni sodir etishda ayblanadi va uni jazolash toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqiladi.

 

Ma’muriy sudlarning shtatdagi хodimlari soni tuman (shahar) fuqarolik (10 birlikka, shundan sudyalar soni 5 birlikka), jinoiy (4 birlikka, shundan sudyalar soni 2 birlikka) ishlar boʻyicha sudlari va iqtisodiy (8 birlikka, shundan sudyalar soni 4 birlikka) sudlar хodimlarini qisqartirish hisobiga oshirildi. Qisqartirilgan birliklar amalda ma’muriy sudlarga oʻtkazildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_