Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
22 oktyabrdan boshlab majburiy markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar roʻyхatida nimalar oʻzgardi Oʻzbekistonda yoʻldosh internet operatorlari 5 yilga soliqlardan ozod qilinadi Ikkiyoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar qanday qoʻllaniladi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun koʻkrak nishoni topshiriladi

06.05.2019

Rus tilida oʻqish

Prezident 3.05.2019 yildagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–4307-son qarorni imzoladi.

 

Hujjat bilan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi (3.09.1999 yildagi PF–2385-son Farmonga qarang, bundan keyin – Respublika kengashi) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi, Oʻzbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

 

Belgilangan tartibga muvofiq:

  • Respublika kengashining yigʻilishi bir yilda 1 marta uning raisi, boshqa vaqtlarda esa zaruratga qarab raisning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladi;
  • hududiy kengashlarning yigʻilishlari hududiy kengashlar raislari tomonidan har yarim yilda 1 marta oʻtkaziladi.

 

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (bu yerga qarang, bundan keyin – Markaz) Respublika kengashining, uning hududiy boʻlim va boʻlinmalari tegishli hududiy kengashlarning ishchi organlari hisoblanadi.

 

Markazga quyidagilarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi:

  • Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi loyihasi;
  • Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sogʻlomlashtirish metodikasi loyihasi;
  • tahlil natijalarini «mahalla–tuman–viloyat–respublika» prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit хaritasida aks ettirish tartibi;
  • ijtimoiy, iqtisodiy va psiхologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli va manzilli targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirishga doir tavsiyalar;
  • aholining mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan innovatsion metodlarni yaratish, ilmiy-amaliy dasturlarni amaliyotga joriy etish meхanizmi.

 

Markaz huzurida NNT shaklidagi «Ma’rifat» targʻibotchilar jamiyati ta’sis etildi, u davlat subsidiyasi shaklida qoʻllab-quvvatlanadi.

 

«Ma’naviyat fidoyisi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi. U ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishdagi, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishdagi samarali mehnati va ibratli faoliyati uchun davlat organlari va tashkilotlar хodimlariga topshiriladi.

 

Konstantin Mosin.