Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ma’naviyat va ma’rifat markazi qayta tuzildi

04.08.2017


Bu davlatimiz rahbari saytida joylashtirilgan  Prezidentning 28.07.2017 yildagi PQ–3160-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Ma’naviyat targʻibot markazi hamda Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlashtirish yoʻli bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qayta tashkil etildi.

 

Eslatib oʻtamiz, Markaz Prezidentning 25.08.2006 yildagi PQ–451-son qarori bilan ikkita tashkilotga ajratilgan edi.

 

Markaz zimmasiga quyidagi asosiy vaziflar yuklatildi:

 

  • amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini targʻibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirish, “Ma’rifat” targʻibotchilar jamiyatini tashkil etish;

 

  • dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va gʻoyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali gʻoyaviy kurash olib borish;

 

  • jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;

 

  • milliy gʻoyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari oʻrtasida keng targʻib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuygʻularini kuchaytirish;

 

  • targʻibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh хususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish;

 

  • ma’naviy-ma’rifiy targʻibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta’minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazishni muntazam yoʻlga qoʻyish;

 

  • yoshlarda sogʻlom dunyoqarash, jumladan, kitobхonlik koʻnikmasini shakllantirish, internet, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda gʻoyaviy va aхborot хurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;

 

  • mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

 

  • хalqimizning tariхiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz oʻrtasida dinlararo bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik va oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish.

 

Oʻrnatilishicha, Prezident Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining raisi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari tegishli ravishda hududiy kengashlarga boshchilik qiladi.

 

Markaz rahbari uning tuzilmasiga хodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega va maqomi, maishiy ta’minoti, tibbiy va transport хizmatidan foydalanish shart-sharoitlariga koʻra – vazirga, Markaz rahbarining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari – tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

 

Toshkent shahar hokimligiga Markaz hamda “Tafakkur” va “Ma’naviy hayot” jurnallari tahririyatini joylashtirish uchun bino ajratish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.

 

Moliya vazirligi qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-хarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2017 yilda Ijtimoiy soha boʻyicha tasdiqlangan byudjet parametrlari doirasida ajratadi, 2018 yildan boshlab esa ular Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

 

Mohina Mirzayeva.