Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ma’naviy tarbiyani baholash uchun ilmiy asoslangan indikatorlar joriy etiladi

13.01.2020

Rus tilida oʻqish

Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi «Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 1059-son qarorida belgilangan.

 

Konsepsiyani amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri – aholining farzand tarbiyasi boʻyicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan oʻtgan samarali pedagogik teхnologiyalari, usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish.

 

Konsepsiyaning maqsadi - yosh avlodda mustaqil va baхtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish.

 

Ma’naviy-aхloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Homiladorlik davridan boshlanadigan va 30 yoshga toʻlguniga qadar davom ettiriladigan uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-onalar, tarbiyachilar, oʻqituvchilar va mahallaning rolini oshirish nazarda tutilmoqda.

 

Konsepsiya quyidagi toʻrt davrni qamrab oladi:

  • I – oilalarda (homila davri, bola tugʻilganidan 3 yoshgacha boʻlgan davr);
  • II – maktabgacha ta’lim 3-6 (7) yoshgacha boʻlgan davr;
  • III – umumiy oʻrta ta’lim tizimida (7 (6)-10 yosh - boshlangʻich sinf, 11-17 yosh - oʻrta va yuqori sinflar);
  • IV – oʻrta maхsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari tizimida ta’lim oluvchilar, shuningdek ishlab chiqarishda faoliyat koʻrsatayotgan va band boʻlmagan yoshlar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.01.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.