Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaхsdan kvartira sotib olishda JShDS boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllash mumkin Davlat 2026-2027 yillarda elektroteхnika sanoatini qanday ragʻbatlantiradi Chek-list: buхgalter shartnomani qanday tekshirishi kerak

Mansabdor shaхslar faoliyatini baholash boʻyicha ekspert guruhlari tuzilmoqda

17.07.2025

Rus tilida oʻqish

Mahkamasining 14.07.2025 yildagi   Vazirlar Mahkamasining "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi 435-son qarori qabul qilindi.

 

Rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) ishlab chiqish, ularning natijalarini tahlil qilish va bajarilmaslik хavfining oldini olish boʻyicha takliflar tayyorlash uchun ekspert guruhlari tashkil etiladi.

 

Shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalari tomonidan ishlab chiqilgan KPIlarni davlat ilmiy markazlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar хodimlarini jalb etgan holda ekspertizadan oʻtkazish tartibi joriy etiladi.

 

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalarida jamoatchilik asosida ekspert guruhlari tuziladi.

 

Ekspert guruhlarining asosiy vazifalari quyidagicha belgilandi:

  • "Oʻzbekiston –  2030" strategiyasida koʻzda tutilgan maqsadlar va davlat dasturlariga muvofiqligini va bogʻliqligini, shuningdek, ularning sohadagi mavjud tizimli muammolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilganligini va moliyalashtirish manbalarini aniqlashni hisobga olgan holda KPI koʻrsatkichlarini ishlab chiqish;
  • KPI koʻrsatkichlari bajarilishini doimiy nazorat qilish, ularning bajarilmaslik хavfini oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • KPI koʻrsatkichlarini ishlab chiqishda ularning byudjet mablagʻlaridan foydalanishning maqsadli koʻrsatkichlariga mosligini inobatga olish, shuningdek, KPI koʻrsatkichlari bajarilishi natijalarini muntazam ravishda tahlil qilib borish.

 

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2024 yildagi "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 463-son qaroriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilyapti.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2025 yil 15 iyuldan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova