Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Markaziy bank likvidlilik tanqisligi yuzaga kelganda banklarni kreditlaydi

06.01.2018

 

Markaziy bank toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimchalar kiritildi. Tuzatishlar 3.01.2018 yildagi “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan kiritilmoqda.

 

Markaziy bank oʻzi belgilagan shartlarda banklarga kredit berishga haqli.  Bunday kreditlar oltin, valyuta boyliklari, davlat qarz majburiyatlari, tijorat veksellari va hokazolar ta’minoti ostida beriladi.

 

Tuzatishlarga koʻra, banklarda likvidlilik tanqisligi yuzaga kelgan, garov aktivlari esa mavjud boʻlmagan hollarda Markaziy bank banklarga qisqa muddatli ta’minotsiz kreditlar berishga haqli. Bu holatda kreditlash tartibi va shartlarini Markaziy bankning oʻzi belgilaydi hamda ularni OAVda, shuningdek oʻz rasmiy saytida e’lon kiladi.

 

Ma’lumot uchun: Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarida qoʻllaniladigan terminologiyaga binoan likvidlilik deganda depozitlardan mablagʻlar yechishni toʻlash va toʻlov muddati yuzaga kelganda barcha boshqa moliyaviy majburiyatlar boʻyicha javob berish uchun yetarli mablagʻlar mavjudligi tushuniladi.

 

Lidvidlilik koeffitsiyentlari barcha banklar uchun majburiy boʻlgan iqtisodiy normativ sifatida Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 5.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.